Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan 24 noyabr kuni imzolangan farmonga binoan, Baxtiyor Jahongiroviç Islomov Özbekiston Respublikasi prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qiliş va murojaatlar bilan işlaş masalalari böyiça maslahatçisining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Islomov şu paytga qadar jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudining raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan. U 2018 yil 26 avgustdan buyon Özbekiston Respublikasi prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qiliş, murojaatlar bilan işlaş masalalari böyiça maslahatçisining birinçi örinbosari vazifasida işlab, ayni paytda Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimiga ötkazilgan Uluğbek Muhammadiyev örnida iş boşlaydi.

Endilikda Baxtiyor Islomov 2017 yilning yanvarida prezident maslahatçisi lavozimiga tayinlangan Tursinxon Xudoyberganovning birinçi örinbosari lavozimida iş boşlaşi kutilmoqda.