“Oxirgi paytlarda himoyaçilarimiz (advokatlar) faol. Ular har bir işga tayyorgarlik bilan kelib, kerak bölsa, sudyalarimizni noqulay holatlarga ham solib qöyişga harakatlar bölyapti.
Lekin, hamma biladi, sud protsesslarida ayblov prokuror tomonidan ta’minlanişi kerak. Prokuror protsessga kelmasa, biz sudni boşqa kunga qoldirişga majburmiz. Natijada odamlar sudlardan norozi. “Sud bizni sarson qildi, bizni çaqirib, protsessni boşlamadi”, deyapti. Bu masalalar böyiça ham hurmatli prezidentimizga muammolarimizni yetkazdik. Yeçimlar asosida ham takliflar berdik”, – degan Baxtiyor Islomov 26 noyabr kuni Toşkentda bölib ötgan Sudyalari assotsiatsiyasining VI s’yezdida.
Oliy sud raisi protsessga tayyorgarliksiz kelayotgan prokurorlar tufayli sudyalarning xolisligiga şubha tuğilayotganini bildirgan.
“Prokurorlar oxirgi vaqtlarda… oddiy söz bilan aytganda, qöltiğiga şu NPni beramiz, heç qanaqa tayyorgarliksiz kelib, öşa yerdan öqib... Ayblov nuqtayi nazaridan birorta faol savol-javob yöq. Faqat advokat gapiradi. Prokurorning faolligi yöqligi sababli biz ayblov nuqtayi nazaridan savol-javobga kirib ketişga majbur bölyapmiz. Bu odamlarning va himoyaçining haqli e’tirozlariga olib kelyapti. Sudyaning xolisligiga şubha paydo bölyapti. Aslida bunday bölişi mumkin emasku?!” – deya Baxtiyor Islomovning sözlarini keltirgan Uzreport TV.
Eslatib ötamiz, Baxtiyor Islomov şu yil avgust oyi Oliy sud raisi etib tayinlangan edi. Bungaça u prezident maslahatçisi edi. Uni yangi jamoaga Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov taniştirgan va sud organlariga nisbatan aholi e’tirozlari haddan ziyod köpayib ketganini aytgandi.











