2022 yil oxirigaça davlat qarzi 33,5 mlrd dollarga yetişi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Moliya vazirligi tomonidan taqdim qilingan va 2022 yil uçun möljallangan budjetnomada keltirib ötilgan.
Şundan 23,5 mlrd dollar Özbekiston nomidan jalb qilingan, 6,9 mlrd dollar Özbekiston kafolatlagan taşqi qarz, 3,1 mlrd dollar esa davlat içki qarzi hisoblanadi.
2022 yilda davlat taşqi qarziga xizmat körsatiş (asosiy qarz va foiz) xarajatlari 1,9 mlrd dollar miqdorida, jumladan davlat budjeti mablağlari hisobidan 0,7 mlrd dollar mablağ ajratilişi közda tutilgan.
2021 yilning 1 iyul holatiga köra, Özbekistonning Osiyo taraqqiyot bankidan 5 mlrd dollar, Xitoydan 4,2 mlrd dollar, Jahon bankidan 3,8 mlrd dollar, Yaponiyadan 2,8 mlrd dollar, xalqaro investorlardan 1,7 mlrd dollar, Janubiy Koreyadan 1 mlrd dollar, Islom taraqqiyot bankidan 900 mln dollar, Fransiyadan 600 mln dollar va boşqa xalqaro moliyaviy taşkilotlardan 1,8 mlrd dollar taşqi qarzi mavjud.
Ma'lumot uçun, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlaş maqsadida 2020 yildan boşlab jalb qilinadigan davlat taşqi qarzi miqdorlarini qonuniy çegaralaş amaliyoti yölga qöyilgandi:
- 2020 yil uçun davlat taşqi qarzini jalb etiş böyiça şartnomalarning çeklangan hajmi 5,5 mlrd dollar;
- 2021 yil uçun davlat qarzining xavfsiz darajasi (yalpi içki mahsulotga nisbatan 60 foiz) va davlat taşqi va içki qarzini jalb qiliş böyiça yillik limitlar (5,5 mlrd dollar, şundan davlat içki qarzi – 5 trln söm) miqdorida belgilangan.












