Videoblog muallifi dunyodagi eng bahsli megaloyihalardan biri sifatida Ispaniyada qurilgan Syudad Real xalqaro aeroportini eslab ötgan. Ispaniya poytaxti Madriddagi aeroportlarga tuşadigan yuklamani kamaytiriş uçun möljallangan aeroport qurilişiga 1,2 mlrd yevro sarflangan. Biroq aeroport Madriddan 200 km uzoqlikda joylaşgan bölib, uning qurilişida bunday olis masofaga na odamlar, na aviakompaniyalar borişni istamasligi inobatga olinmagan. Oxir natijada aeroport bor-yöği 10 ming yevroga sotib yuborilgan. Iqtisodiyotga kuçli zarba bergan pandemiya vaqtida aeroportning uçiş-qöniş yölaklarida aviakompaniyalar ehtiyoj sezmagan samolyotlar saqlana boşlangan.
Befoyda megaloyihalar qatoriga Myanmaning yangi poytaxti – Neypido şahri ham kiritilgan. Blogerning ta'kidlaşiça, mamlakatning avvalgi poytaxti Yangon öziga yuklangan barça vazifalarni yaxşi uddalagan bölsa-da, harbiylar tuzumi poytaxtni köçirişga qaror qilgan. Neypidoda haşamatli mehmonxonalar bölgan bir neçta tuman, köplab savdo markazlari va 20 polosali şosse qurilgan, biroq u yerda sifatli ta'lim va soğliqni saqlaş tizimi hamda iş örinlari yöqligi sababli aholi u yerga köçişni istamagan. Buning natijasida Neypido tez orada “arvoh-şahar”ga aylangan.
Biroq eng mantiqsiz megaloyiha sifatida Nevada ştatidagi Yukka toğida radioaktiv çiqindilar uçun işga tuşirilmagança qolib ketgan ombor aytilgan. Toğ odamlar yaşaş joyidan olisda joylaşganiga qaramay, ştat aholisi ombor birorta yadroviy reaktor mavjud bölmagan Nevadada qurilişiga norozilik bildirişgan. Natijada AQŞ hukumati omborni quriş böyiça köp milliardlik işlarni ma'qullagan bölsa-da, öşa vaqtdagi prezident Barak Obama loyiha ustidagi keyingi işlarni taqiqlagan.












