Sönggi yillarda qiş qorga boy bölmayapti. Bu safar birinçi qor erta yoğdi. Qiş yaqinlaşişi bilan bolalar qorböron öynaş, çana uçiş, qor odam yasaş imkoniyatidan xursand bölişadi. Biroq bu istak biroz keyinroqqa qoldi, çunki...

Keçasi boşlangan yomğir tongga yaqin qorga aylangani köpçilikni şod qildi, biroq köp ötmay osmondan sarğiş qor yoğayotgani ma'lum böldi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari osmondan tuşayotgan qor ustki kiyimlarini ifloslantirayotgani haqida yozişgan va bu qorni «loyli» qor deb ataşgan.

«Özgidromet» 17 noyabr kuni Toşkent şahri böylab ifloslangan qor yoğganini tasdiqladi. Qor namunalari olinganda ifloslangan qor qatlamlari (qizğiş loy rangi) kuzatilgan. Ta'kidlanişiça, ifloslangan qor yoğişiga 4 noyabrda Qozoğiston janubida va 16 noyabrda Buxoro viloyatida kuzatilgan qum böronlari sabab bölgan.

«Agar Toşkentda 14 noyabrda yoğinlar yoğib havo tozalangan bölsa, Buxoro viloyatida esa yoğinlar bölmadi. 17 noyabrda respublikaning butun hududiga şamolning tezlaşişi va ba'zi joylarda qumli böron bilan sovuq nam havo massasi kirib keldi. Şamol tezligidan kötarilgan çang masofaga köçdi hamda tuproq va qum rangini böyab, Toşkent şahriga çökdi», deyiladi xabarda.

Telegram'dagi Davletovuz kanali ham 17 noyabr kuni Toşkentda yoğgan qor va bundan bir yil oldin yoğgan qorning özaro taqqoslangani tasvirlangan suratlar bilan bölişdi.

Çamasi soat 11gaça yoğgan sarğiş qor osmondan bor çang-ğuborni yuvib tuşdi, şekilli, vaqt ötib atrof oqara boşladi.

Kun.uz fotomuxbiri mavsumdagi ilk qorni kutib olgan Toşkent manzaralarini suratga oldi.

Foto: Kun.uz / Muhiddin Nido
Foto: Kun.uz / Muhiddin Nido