Toşkent viloyatining Zangiota tumanidagi «Xaskovo» podstansiyasida 17 noyabr kuni soat 17:10larda qisqa tutaşuv natijasida öçiş sodir bölgan. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Natijada Toşkent viloyatining Zangiota, Toşkent şahrining Olmazor va Şayxontohur tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta'minotida uzilişlar kuzatilmoqda.
Hozirda Toşkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasining avariyaga qarşi maxsus brigadalari tomonidan uşbu nosozlikni bartaraf etiş işlari olib borilmoqda.
Ta'mirlaş işlari qisqa vaqt içida yakunlanadi va elektr energiyasi ta'minoti tiklanişi aytildi.
«Şuningdek, mamlakatimizga kirib kelgan sovuq ob-havo oqimi, kuçli şamol hamda qor böroni elektr uzatiş tarmoqlari hamda transformator punktlariga şikast yetkazmoqda. Buning natijasida respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasi yetkazib berişda vaqtinça uzilişlar kuzatilmoqda», deyiladi xabarda.
Maxsus brigadalar tomonidan uşbu nosozliklarni bartaraf etiş işlari olib borilayotgani ta'kidlangan.



16 noyabr kuni Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida joylaşgan «Xosilot» podstansiyasida ortiqça yuk tufayli kabel yonib ketgan, bir qator massivlar elektr energiyasidan uzilgandi.

Bundan avvalroq Uzbekistan Airways aviakompaniyasi ob-havo noqulayligi sabab bir qator xalqaro va mahalliy reyslar parvozini keçiktirgani töğrisida xabar berilgandi. Ob-havo şaroiti bilan keçiktirilgan yana bir neça xalqaro va mahalliy reyslar keyinroq öz yönalişi böyiça uçib ketgan. Faqat Turkish Airlines aviakompaniyasining soat 09:45da Toşkent—Istanbul yönalişi böyiça uçişi kerak bölgan TK-369 reysi noma'lum muddatga qoldirilgan.












