Noyabr oyi sovuqroq va quruq ötişi kutilyapti. Oy davomida kamida 3 ta sovuq antitsiklon keladi. Buning ta’sirida şu oyning özidayoq birinçi qorga guvoh bölamiz. Şu bilan birga çangli havo tez-tez kuzatiladi. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimşunos Erkin Abdulahatov.

Favqulodda quruq ötgan oktyabrdan söng, tabiiyki noyabr oyida yoğingarçiliklar köproq kuzatiladi. Şunga qaramay kuzning sönggi oyi ham respublikaning katta qismida quruq ötişi oydinlaşmoqda.

Ayrim toğoldi tumanlari aholisi va Orol dengiziga yaqin hududda istiqomat qiluvçi aholi oyning 3-5 sanalarida nam havo oqimlaridan kelib çiqadigan, mavsum uçun ilk qor yoğişi hodisalari guvohi bölişi mumkin.

Joriy oyning har ön kunligi örtalarida mintaqaga sovuq antitsiklonlarning kirib kelişini prognoz qiliş mumkin. Şu bois Özgidromet oylik havo harorati köplab hududlarda me’yordan 1, 1,5 daraja past, ya’ni sovuq bölişini taxmin qilgan.

Qişloq xöjalik maydonlari uçun ilk sovuq uriş hodisasi prognozini biz iyul oyidagi dasturlarda aytib ötgan edik. Bu taxmin hozir ham öz kuçida.