Yöl harakati qoidalarida asosiy tuşunça va terminlar, ibora va atamalar bor. Ularni bilmasdan turib, yöl harakati qoidalarini bilişning iloji yöq. Har bir atama va tuşunça yuridik kuçga ega.

Amaldagi “Yöl harakati qoidalari”da 50ta atama va tuşunça mavjud. Biz köproq qöllaniladigan sözlarga töxtalib ötamiz.

Yöl – transport vositalari va piyodalarning harakatlanişi uçun qurilgan yoki moslaştirilgan yer bölagi yoxud sun'iy inşoot yuzasi. Yöl avtomobil va şahar elektr transporti yöllarini hamda trotuarlarni öz içiga oladi.

Nosirjon Zokirov Foto: Kun.uz

Şunday savol bölib qoladi: Yölda neçta qatnov qismi bor? Tajriba şuni körsatmoqdaki, köpçilik yölning tarkibini, uning elementlarini bilmaydi. Buning natijasida örnatilgan yöl belgilari yölning qaysi qismiga amal qilişi borasida ham tuşunmovçiliklarga sabab böladi.

Yöl trotuar yoki yöl yoqasini ham öz içiga oladi. Uning asosiy qismi – qatnov qismidir. Barça yöllar, toki 5.5 belgisi örnatilmagan ekan, harakatlaniş ikki tomonlama taşkil etilgan hisoblanadi.

Foto: Kun.uz

Yölda bir neçta qatnov qismi (yölning relssiz transport vositalari harakati uçun möljallangan qismi) bölişi mumkin. Yöl ikkita qatnov qismiga ega bölişi uçun örtada ajratuvçi bölak (yölning yonma-yon joylaşgan qatnov qismlarini ajratuvçi, transport vositalari harakatlanişi yoki töxtaşi uçun möljallanmagan, yöl sathidan baland va (yoki) ikkita 1.1 yotiq çiziği bilan belgilangan qismi) bölişi kerak.

Amaldagi Yöl harakati qoidalarida “1.1 yotiq çiziği” deb ketilgan va bu xato. Aslida, “ikkita 1.1 yotiq çiziği” yoki “1.1 yotiq çiziqlari” bölişi kerak edi. Şundagina bu ajratuvçi bölak sanaladi.

Foto: lex.uz

Haydovçilarning “polosani bosdim” yoki “YPX xodimi polosa uçun jarima yozib berdi” deyişi ham xato. Rusça gapirganda ham “polosa” – bu harakatlaniş bölagi (avtomobillarning bir qator bölib harakatlanişi uçun yetarliça keng bölgan, yöl çiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yöl qatnov qismining har qanday böylama bölagi).