Ma'lum qilinişiça, Namangan viloyatidagi tumanlardan birining Davlat soliq inspeksiyasi boşliği özining haydovçisi nomida bölgan sabzavotçilikka ixtisoslaşgan fermer xöjaligining 1 gektar yer maydonini boşqa bir fuqaro nomiga rasmiylaştirib beriş evaziga 15 ming AQŞ dollari talab qiladi.

Foto: DXX axborot xizmati

DXX Namangan viloyati böyiça boşqarmasi, viloyat prokuraturasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining hududiy boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, u söralgan pulni xizmat xonasida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şuningdek, Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xodimi mahalliy fuqaro bilan kelişib, Urganç tumanidagi taşkilot balansida bölgan 30 sotix yer maydonini boşqa şaxs nomiga tanişlari orqali rasmiylaştirib beriş evaziga 50 ming AQŞ dollari talab qiladi.

Foto: DXX axborot xizmati

DXX Xorazm viloyati böyiça boşqarmasi va Boş prokuratura huzuridagi departamentning hududiy boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, ular söralgan puldan 30 ming AQŞ dollarini olgan vaqtlarida qölga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

DXX taqdim qilgan axborotda Namangan va Xorazmda qölga olingan mansabdorlarning ism-şarifi, qaysi tumanda işlaşi aytilmagan. Avvalroq, DXX Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham tuman prokurori va örinbosari katta miqdorda pora bilan qölga olinganini xabar bergan edi. Lekin uşbu holatlarda ham poraxör mansabdorlarning aniq iş joyi oçiqlanmagan.