15 noyabr kuni Namangan viloyatining ikki tumanida YTH sodir bölgan. Ikki holatda ham ölim qayd etilgan. Bu haqda Namangan viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

15 noyabr kuni soat 15:20 larda, Pungon-Namangan yölining Töraqörğon tumanidan ötgan qismida 2000 yilda tuğilgan fuqaro "Neksiya-2" maşinasini boşqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yölni kesib ötayotgan piyoda, 1969 yilda tuğilgan fuqaroni urib yuborgan.

Natijada, piyoda olgan tan jarohati oqibatida şifoxonada vafot etgan.

Şu kuni soat 15:50 larda, Çust-Karkidon yölining Bibiona mahallasidan ötgan qismida 1983 yilda tuğilgan fuqaro "Matiz" maşinasini boşqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarşi yönalişda harakatlanib kelayotgan, "Damas" maşinasi bilan töqnaşgan.

Natijada, Matiz rusumli avtomaşina haydovçisi oğir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan hamda "Damas" rusumli avtomaşina haydovçisi boş miya çayqalişi, boş miya yopiq şikasti taşxisi bilan şifoxonaga yotqizilgan.

Uşbu holatlar böyiça Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.