AQŞ prezidenti Jo Bayden şifoxonada narkoz ostida bölgan çoğida vakolatlarini vitse-prezident Kamala Harrisga vaqtinçalik topşiradi, deb ma'lum qildi Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki.

Psakining sözlariga köra, Bayden Uolter Rid tibbiyot markazida rejalaştirilgan kolonoskopiya tekşiruvidan ötadi. 

«Prezident Jorj Buş bilan 2002 va 2007 yillarda bölgani kabi va AQŞ konstitutsiyasiga muvofiq, prezident Bayden narkoz ostida bölgan çoğida hokimiyatni qisqa muddatga vitse-prezidentga topşiradi», — deyiladi Psakining bayonotida.

U şuningdek, kunning ikkinçi yarmida tibbiy körik natijalariga köra prezidentning salomatligi töğrisidagi hisobot e'lon qilinişini bildirdi.