2021 yil yanvar-oktabr oylarida Özbekiston taşqi savdo aylanmasi 32,65 milliard dollarni taşkil etdi va bu körsatkiç 2020 yilning şu davriga nisbatan 2,55 milliard dollarga ösdi (ösiş - 8,5 foiz). Bu haqda Davlat statistika qömitasi xabar berdi.
Taşqi savdo aylanmasi umumiy hajmidan eksport 12,43 mlrd dollarni (2020 yil yanvar-oktabr oylariga kelib 6,7 foizga pasayganligi qayd etilgan), import esa 20,22 mlrd dollarni (ösiş 20,5 foiz) taşkil etdi.
Natijada, taşqi savdo saldosi passiv balansni taşkil etdi - 7,78 milliard dollar.
Taşqi iqtisodiy faoliyatda 20 ta yirik hamkor davlatlar qatorida tört davlat, xususan, Afğoniston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkiya bilan faol taşqi savdo balansi mavjud. Qolgan 16 ta davlatda taşqi savdo aylanmasining passiv balansi saqlanib qolgan.
Bugungi kunda Özbekiston dunyoning 179 davlati bilan savdo aloqalarini amalga oşirib kelmoqda. Taşqi savdo aylanmasining eng katta hajmi Xitoy (18,6 foiz), Rossiya (18,0 foiz), Qozoğiston (9,7 foiz), Turkiya (8,3 foiz), Koreya Respublikasi (4,7 foiz), Qirğiziston (2,4 foiz) va Germaniya (1,9 foiz) mamlakatlariga töğri keldi.












