Ma'lum qilinishicha, Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasining Qidiruv sho‘'basi 10 oy mobaynida davlat ijrochilari tomonidan qidiruv e'lon qilingan 328 nafar qarzdorni topgan. Ulardan 588 million so‘m pul mablag‘lari undirilib, qarzdorlikni to‘lamagan shaxslar tegishli tartibda javobgarlikka tortilgan.
Shuningdek, qarzdorlarga tegishli qidiruvdagi mol-mulklarning 286 tasi topilib, ulardan 34 milliard 502 million so‘m pul mablag‘lari undirilishi ta'minlangan.
Qayd etilishicha, ayni damda MIB viloyat boshqarmasi tomonidan 218 nafar qarzdor shaxs va qarzdorlarga tegishli 78 ta mol-mulk qidirilmoqda.











