Germaniyaning “Siemens” kompaniyasi Özbekistonda past va yuqori kuçlanişli elektrotexnika mahsulotlarini işlab çiqaradi. “Özeltexsanoat” uyuşmasi raisi M. Yunusov va korxona vakillarining Germaniyaga safari davomida şunday kelişuvga erişilgan. Bu haqda uyuşma Axborot xizmati xabar qilmoqda.

Foto: Özeltexsanoat

Ma'lum qilinişiça, uyuşma tarkibiga kiruvçi “Özelektroapparat-Electroshield” korxonasi Germaniyaning Myunxen şahrida “Siemens” kompaniyasi bilan kelişuv bitimini imzolagan.

Past va yuqori kuçlanişli transformatorlar, quyoş panellari uçun konvertorlar, “aqlli uy” loyihalari uçun yuqori texnologiyalar

Ta'kidlanişiça, nemis kompaniyasi boş direktori A. Liberov, ““Siemens” Özbekiston bilan texnologik hamkorlik qilişga tayyor”ligini bildirgan. Qolaversa, kompaniya “mamlakatda “yaşil energetika” sohasida tejamkor texnologiyalarni rivojlantirişga katta e'tibor qaratiş”ni reja qilgan.