Hamburg okrug sudi Siemens sanoat konsernining sobiq ikki rahbariga nisbatan jinoiy ta’qibni boşladi. Ular sanksiya rejimini buzgan holda Qrimga gaz turbinalarini eksport qilişga kömaklaşişda ayblanmoqda, deb yozadi Reuters.
Sanksiyalarning buzilişiga oid iş 2024 yil bahorda qözğatilgan — Hamburg prokuraturasi tört nafar Germaniya fuqarosi va bir nafar Fransiya—Şveytsariya fuqaroligiga ega şaxsga nisbatan ayblov e’lon qilgan. Ammo keyinroq okrug sudi ta’qib uçun asos yetarli emasligi bois uç nafar figurantga qarşi tergovni töxtatgan. Sudda mazkur iş böyiça ayblanayotganlar ismi oşkor etilmagan.
Siemens vakillari kompaniya uşbu sud jarayoniga izoh bera olmasligini, biroq iş konsernga qaratilmagani, ayblanuvçilar hozirda u yerda işlamayotganini ma’lum qildi. Konsernning turbina biznesiga egalik qiluvçi Siemens Energy ham ayblanayotgan ikki xodim endilikda kompaniya işçisi emasligi bois, holatga izoh berişdan boş tortdi.
Yevroittifoq va AQŞ sanksiyalariga köra, ğarb kompaniyalarining Rossiya tomonidan 2014 yilda anneksiya qilingan Qrimga energiya yoki energiya uskunalarini yetkazib beriş taqiqlangan. Ammo çeklovlarga qaramay, Siemensʼning elektr energiyasini işlab çiqarişda foydalaniladigan turbinalari 2017 yilda Rossiya yarimorolda qurayotgan ikkita elektr stansiyasiga yetkazib berilgan. Öşanda Siemens turbinalarni rossiyalik buyurtmaçiga sotganini, ular Rossiyadagi stansiyalarga örnatilişi kerak bölgani va uskunalar Qrimga yuborilişini bilmaganini ma’lum qilgan.
2022 yil fevralda Rossiya Ukrainaga qarşi uruş boşlaganidan keyin ğarb davlatlari RFga keng kölamli sanksiyalarni joriy etdi. Xususan, harbiy, aviatsiya, neft va gaz hamda boşqa sohalar uçun möljallangan texnologiya va uskunalarni Rossiyaga yetkazib beriş taqiqlangan. Ammo Rossiya uşbu çeklovlarni çetlab ötişning yöllarini topmoqda. Masalan, 2024 yil iyulda mamlakatga ğarbda işlab çiqarilgan yuz minglab yarimötkazgiçlar olib kelinayotgani ma’lum bölgandi.

















