Prezident “Meva-sabzavotçilik va uzumçilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş, qişloq xöjaligi işlab çiqarişida dehqon xöjaliklarining uluşini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Dehqon xöjaliklari uçun qisqa muddatli intensiv öquv kurslarini taşkil etiş böyiça respublika işçi guruhi tuzildi va uning tarkibi tasdiqlandi.
Kiçik intensiv boğdorçilik, uzumçilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoşka yetiştiriş va sabzavotçilik yönalişlarida, şuningdek, oçiq elektron tanlovda iştirok etiş böyiça malakali trener-konsultantlarni tayyorlab, ular yordamida dehqon xöjaliklari uçun qisqa muddatli intensiv öquv kurslarini taşkil etiş Respublika işçi guruhining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Respublika işçi guruhi Boğdorçilik va issiqxona xöjaligini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan:
- yigirma kun muddatda har bir hudud uçun kamida 10 nafardan malakali trener-konsultantlarni tayyorlaş böyiça dastur va ularni tanlab olişga doir talablarni işlab çiqadi;
- bir oy muddatda dehqon xöjaliklari uçun qisqa muddatli intensiv öquv kurslarini taşkil etiş dasturini işlab çiqadi va har bir tumanda reja-grafik asosida uşbu öquv kurslarining taşkil etilişini ta'minlaydi;
- qişloq xöjaligidagi yangi ilmiy yondaşuvlar, mavjud xalqaro tajriba va dehqon xöjaliklarining faoliyatini örganiş natijasida aniqlanayotgan masalalarni inobatga olgan holda, ularga yaqindan, şu jumladan, Internet tarmoği orqali doimiy tarzda maslahat berib boriş tizimini yölga qöyadi.
Prezidentning “Uzumçilikni rivojlantirişda klaster tizimini joriy etiş, sohaga ilğor texnologiyalarni jalb qilişni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga asosan Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda taşkil etilgan uzumçilikni rivojlantiriş böyiça doimiy loyiha ofislari Intensiv boğdorçilik, uzumçilik va sabzavotçilikni rivojlantiriş böyiça doimiy loyiha ofislari deb qayta nomlandi.













