Talablar prezidentning "Soğliqni saqlaş sohasida ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam körsatiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi qaroriga muvofiq işlab çiqilgan.

Nodavlat tibbiyot taşkilotlari imtiyozli toifaga kiruvçi şaxslarga Davlat budjeti mablağlari hisobidan tibbiy xizmatlar körsatiş uçun quyidagi talablarga javob berişi lozim:

a) maslahat, diagnostika va konservativ davolaşdan iborat bölgan statsionar turdagi nodavlat tibbiyot taşkilotlari uçun:

tibbiy ixtisoslaşuvning tegişli turini amalga oşiriş uçun zarur bölgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boşqa texnik vositalar, şu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarga (röyxat raqami 2905, 28.07.2017 y.) muvofiq statsionar turdagi nodavlat tibbiyot taşkilotlari uçun belgilangan tibbiy ixtisoslaşuvning tegişli turini amalga oşiriş uçun zarur bölgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boşqa texnik vositalar bilan jihozlangan bölişi;

sterilizatsiya, klinik laboratoriya, intensiv terapiya bölimlarining mavjud bölişi;

ixtisoslik (ixtisosliklar) doirasida ambulator-poliklinika xizmatining mavjudligi;

b) maslahat, diagnostika, konservativ va operativ davolaşdan iborat bölgan statsionar turdagi nodavlat tibbiyot taşkilotlari uçun mazkur talablarning "a" kiçik bandida nazarda tutilgan talablar bilan birgalikda, qöşimça ravişda quyidagilar:

anesteziologiya va reanimatologiya bölimining mavjud bölişi;

kamida ikkita operatsiya bölimlarining mavjud bölişi;

operatsiya qiluvçi şifokorlarda kamida birinçi malakaviy toifaning mavjud bölişi.