Klub matbuot xizmati xabariga köra, uşbu mavsum «temiryölçilar»ni boşqargan Mikael Sekeyra «Lokomotiv» bilan özaro kelişgan holda jamoani tark etgan.
«Portugaliyalik mutaxassis bugun, 24 noyabr kuni tunda öz yurtiga uçib ketadi. Uşbu mavsum jamoamizni boşqargan Sekeyra vataniga ketiş oldidan jamoa a'zolarini bir joyga yiğib, klub rahbariyati, murabbiylar ştabi hamda futbolçilarga minnatdorçilik bildirdi.

Öz navbatida klubimiz rahbariyati ham portugaliyalik murabbiy şa'niga iliq fikrlar aytib, yakuniga yetayotgan mavsum uçun taşakkur izhor qildi. «Lokomotiv» PFK Mikael Sekeyraga özaro hamkorlik uçun minnatdorçilik bildiradi hamda murabbiyning keyingi faoliyatiga omad tilaydi», - deyiladi klub xabarida.

Ma'lumot uçun, «Lokomotiv» Superliga 25-turidan keyin 36 oçko bilan 7-örinni egallab turibdi. Klub çempionatdagi sönggi öyinni «Nasaf»ga qarşi ötkazadi.
Eslatib ötamiz, «Lokomotiv» ustozi oktabr oyida Qöqondagi mağlubiyatdan (1:2) keyin özbek futboli va hakamlik haqida keskin fikr bildirgandi.













