YouTube platformasida 78,2 million obunaçiga ega bölgan bloger Jimmi Donaldson (MrBeast) Janubiy Koreyaning “Kalmar öyini” serialini sahnalaştirdi. Loyiha davomida heç kim jabrlanmadi, deb yozadi The New York Post.

Donaldson taşkil etgan öyinda 456 iştirokçi 456 ming dollarlik yutuq uçun bellaşdi.

Serialni qayta jonlantiriş blogerga 3,5 million dollarga tuşdi, buning 2 millioni dekoratsiya va 1,5 millioni yutuqlar uçun sarflandi.

Ğolibga boş yutuq nasib etgan bölsa, har bir öyinçiga ikki ming dollardan va ikkinçi örinni olgan iştirokçiga ön ming dollar berildi.

Musobaqa serialdagi öyinlar asosida ötkazildi.

Qayd etilişiça, mağlub bölgan öyinçilar “yöq qilinmadi”, balki öyindan çiqib ketdi. 

Janubiy Koreyaning “Kalmar öyini” seriali omon qoliş haqida bölib, voqealar zamonaviy Seulda yuz beradi. 456 kişidan iborat guruhga yirik miqdordagi mablağni yutib oliş imkoniyatini beruvçi bolalar öyinlarini öynaş taklif etiladi, ammo öyinda yutqazganlar hayot bilan vidolaşişiga töğri keladi.