Signal çalmaydigan haydovçilar, bir kunlik iş haqiga haftalik bozorlik – Rahmatillo Isroilov hikoyasi
|18:52 / 30.11.202116 8629 min
Uzbek.life portalining Kanada oyligi doirasidagi navbatdagi suhbatdoşi Kanadaning British Kolumbiya provinsiyasida istiqomat qilayotgan vatandoşimiz Rahmatillo Isroilov. Suhbat qahramonimizning Kanadaga immigratsiya qiliş yölidagi tajribalari va taassurotlari haqida böldi.
Kanada sari ilk qadamlar
Özim Samarqand viloyatida tuğilganman. Toşkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tahsil olganman. Dastavval televideniyeda, söngra Kun.uz saytida iş faoliyatini olib borganman.
Kanadaga boriş uçun şu yil – 2021 yildan harakatlarni boşladik va barça viza turlari bilan tanişib çiqa boşladik. Ular orasidan öqiş uçun viza olib Kanadaga keliş birmunça oson tuyuldi. Turmuş örtoğimga talaba vizasi, menga “open work permit”, ya'ni işlaş ruxsatnomasi berilişi bilan öz maqsadimizga erişdik deb ayta olaman.
Viza oliş muddati haqida aytadigan bölsam, bunda menga 4 oyça vaqt kerak böldi. Ammo, bu barça 4 oy içida viza rasmiylaştira olişi mumkin degani emas. Bu ofitserlarning vizani körib çiqiş muddatiga boğliq. Bizda Kanada elçixonasi bölmaganligi hamda juda kuçaygan karantin sabab viza oliş jarayonlari ançagina qiyin keçgandi. Eng yaqin viza markazlari Qirğiziston, Qozoğiston, Tojikiston, Turkiya hamda Dubayda joylaşgandi.
Kanada Susambil emas...
Kanadadagi 2 oylik tajribamdan kelib çiqib ayta olamanki, Kanada Amerika emas, Kanada Susambil ham emas. Kanadada til bilmasdan keliş va yoki yaşaş judayam qiyin. Oçiqroq bölsa-da aytaman, bu yerga keliş uçun birmunça mablağ ham talab etiladi. Bundan taşqari, Kanadaga kelgaç moslaşiş jarayonini ham boşdan ötkazişingiz kerak.
Tibbiy tekşiruvdan Özbekistonda turib ham ötsa böladi
Yuqorida sanab ötgan viza markazlarida faqatgina barmoq izlarini topşiriş, suratga tuşiş va şu kabilarni amalga oşiriş mumkin. Vizalarni rasmiylaştiriş esa faqatgina Moskva yoki Polşadagi Kanada elçixonalari orqali böladi. Barmoq izlarini topşiriş ham pullik bölib, narxi 85 dollar edi. Bundan taşqari yana bir qança xarajatlar bilan 200 dollarça pul sarflaşingizga töğri keladi. Şundan söng sizning viza arizangiz körib çiqiladi va siz Kanada uçun mos deb hisoblansangiz, sizga “medical” (tibbiy tekşiruvdan ötiş) xati keladi. Bu xatning yuborilişi sizga viza berilişi ehtimolining yuqoriligini bildiradi.
Mavzuga oid
Tibbiy tekşiruvdan Özbekistonda turib ham ötsa böladi. Toşkent xalqaro klinikasi Kanada işonçidan ötgan yagona tibbiy muassasa hisoblanadi. Bu yerga qabulni oldindan rejalaştirib, tegişli analizlarni topşirasiz. Buning uçun 240 dollar miqdorida tölov qilasiz. Bu kabi kuçli tibbiy tekşiruvdan maqsad Kanada soğliqni saqlaşga alohida e'tibor qaratadi. Bu yerda tibbiyot bepul hisoblanadi.
Tibbiy tekşiruvlardan muvaffaqiyatli ötgaç, sizga “passport request” yuboriladi. Ya'ni, sizdan pasportingizni yuboriş söraladi. Siz pasportingizning asl nusxasini Moskvadagi elçixonaga yuborasiz. U yerda pasportingizga viza urilib, sizga qaytarib yuboriladi.
Tegişli vaksina bilan emlaning
Hozirda koronavirus bilan boğliq vaziyat sabab Kanada hukumati turistik, işçi, talaba vizalarini berişni vaqtinça töxtatgan. Şuningdek, mamlakatga kirişda ham, çiqişda ham töliq emlangan bölişingizni talab qilişmoqda. Hukumat tomonidan qabul qilingan vaksinalar quyidagi beştadir:
Pfizer
BioNTech
Moderna
AstraZeneca/COVISHIELD
Janssen/Johnson & Johnson
Agar siz uşbu vaksinalardan biri bilan emlanmagan bölsangiz, 14 kunlik karantinga joylaştirilasiz. Bunda mehmonxonada öz hisobingizdan 14 kun yaşaşingiz kerak.
Tizim sizdan özingizni yaxşi tutişni talab qiladi
Kanadaga kirganingizdan söng sizning özingizni tutişingiz judayam muhim hisoblanadi. Keyinçalik yaşaş, doimiy yaşaş uçun ruxsatnoma olişda aynan sizning tarixingizga e'tibor beriladi. Va meni ajablantirgan jihat şundaki, bunday talablar, ya'ni kelajakda muvaffaqiyatga erişişni istagan kişilarning özini munosib tutişi kerakligi faqatgina immigrantlar uçun emas, balki kanadaliklar uçun ham birday taalluqli. Bu esa har bir kişini öz kelajagini quriş uçun özini munosib tutişga undaydi.
Qolaversa, kanadaliklarning özini tutişi ham menda ajoyib taassurot qoldirdi. Xoh ertalab, xoh keçqurun bölsin, kanadaliklar bir-biri bilan muloyim söraşadilar. Bunda hatto bir-biri bilan taniş bölmasalar-da, tabassum bilan “Good morning” deyişdan çarçamaydi.
Qurut olib kiriş mumkin emas ekan
Kanada bilan boğliq taassurotlarim Özbekistonda turiboq boşlangan. Uçiş narxlariga töxtalsam, çiptalar men kelgan payti 2000-2500 dollarga çiqib ketdi. Karantindan oldin 800-900 dollar atrofida edi. Turkiya orqali uçiş özbekistonliklar uçun ma'qul variant hisoblanadi. Biz ham Turkiya orqali uçib keldik. Aeroportga kelgaç, qiziq bir voqea yuz berdi. Çemodanimni oliş uçun borganimda bir politsiya ofitseri iti bilan kutib turibdi. Men buni körib özimdan biroz şubhalanib qoldim. Menga aytyaptiki, senda yugurtdan tayyorlangan narsa bor, uni olib kiriş mumkin emas. Keyin çemodanni körsam, unda özimizni qurut bor ekan. Ularga buni yaxşilab tuşuntirdim, ammo baribir qurutni berişmadi.
Kanadaning öziga xos tabiati
Kanadaning meni judayam öziga tortgan jihati tabiatidir. Bu tabiatni asraşga alohida e'tibor qaratiladi. Hatto, şuning uçun bu yerda neft işlab çiqariş ta'qiqlangan. Neft bu yerga Albertadan import qilinadi. Şu sababdan ham benzin narxi biroz qimmatroq. Bundan taşqari, aholisi, ularning bir-biriga munosabati, narx-navolar ham ançagina muqobil. Yana bir diqqatimni tortgan jihat – Kanadada fermerlarga e'tibor judayam yuqoriligidir. Aholining eng boy, öziga töq qatlamlaridan biri aynan fermerlardir. Bu yerda ularni judayam ardoqlaşadi, hatto “No farmers, no food” (“Fermerlar bölmasa, oziq-ovqat ham yöq”) deb yozilgan şiorlarni ham körişingiz mumkin.
Bir kunlik iş haqiga bir haftalik bozorlik qiliş mumkin
Narx-navolar haqida gapiradigan bölsam, birinçi navbatda, oziq-ovqat mahsulotlarining narxi ançagina yaxşi. Ya'ni, bir kunlik iş haqingizga bemalol bir yoki ikki haftalik oziq-ovqat sotib olişingiz mumkin. Ijara xarajatlari birmunça qimmatroq. Talaba yoki bir kişi ijara turişni istasa, 500 dollardan 1500 dollargaça turarjoy topişi mumkin. Biz oilaviy turgan xozirgi uyning narxi 1300 Kanada dollarini (1000 AQŞ dollari atrofida) taşkil etadi. Şuningdek, internet, kommunal tölovlar va transport uçun xarajatlar mavjud. Internet uçun oyiga 50 dollar, elektr-energiya uçun istemolga qarab 30-40 dollar sarflaymiz.
Nisbatan kam, ammo ahil, bir-biriga mehribon özbeklar
British Kolumbiyada özbeklar judayam kam. Tahminan 20-30 taça vatandoşlarimiz yaşaşadi bu yerda. Özbeklar, asosan, Torontoda köproq uçraydi. Şuningdek, tojik birodarlarimiz ham ançaginani taşkil etadi. Kamçilik bölişiga qaramay bir-biri bilan judayam inoq, hurmat bilan munosabatda bölişadi.
Kanadalik haydovçilarning signal çalganini eşitmaysiz
Kanadada migrantlar judayam köp. Bu yerda turfa xil millat vakillarini uçratişingiz mumkin. Ammo, Kanada xalqining ularga judayam oçiqköngil ekanligi diqqatga sazovor. Bundan taşqari, Kanadada avtomobil boşqariş haqiqatan zavqli hisoblanadi. Haydovçilarning bir-biriga munosabatidan örganişimiz kerak bölgan narsalar köp deb öylayman. Masalan, signal çalinganligini yoki haydovçilarning bir-biriga baqirib-çaqirganini umuman eşitmaysiz. Tabiatni asraş, tabiatga nisbatan hurmat borasida ham kanadaliklar barçaga örnak böla oladi. Bugungi kunda ekologik muammolar judayam dolzarb ahamiyat kasb etib turgan bir paytda bu kabi xislatning har bir millatda, har bir şaxsda bölişi muhimdir.
Kanadada ham daraxtdan pul terib olmaysiz
Kanadaga keliş istagida yurganlarga ba'zi tavsiyalar bermoqçi edim. Avvalambor, Kanadada ham, dunyoning boşqa davlatlarida ham daraxtni tepib pul yoğdirib bölmaydi. Bu yerda ham özingiz istagan maqsadlaringizga erişiş uçun köp ter tökişingizga, öz ustingizda işlaşingizga töğri keladi. Qölingizda biror hunar bölişi ham umuman foydadan holi bölmaydi. Kanadaga kelişdan oldin esa özingizga mos bölgan vizalar bilan batafsil tanişib çiqing. Faqatgina rasmiy manbalardan foydalaning. Vizadan rad javobi çiqsa ham könglingizni çöktirmang, keyingi safargi viza uçun harakatni kuçaytiring. Özbekistonda haydovçilik guvohnomasini olişni tavsiya qilib qolaman. Barça Kanadaga kelmoqçi bölgan kişilarga omad tilab qolaman.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi