Şahar hokimining 30 noyabrdagi qarori bilan fuqaroning taklifi ma'qullandi va avtomobil hokimlik balansiga qabul qilindi. E-qaror platformasiga joylangan hujjatga Telegram'dagi “Hokim qarori” kanali e'tibor qaratdi.
Qarorda avtomobil qora rangda ekani, “01 M 798 HM” davlat raqam belgisiga egaligi qayd etilgan; işlab çiqarilgan yiliga aniqlik kiritilmagan.
Ham benzin, ham elektr zaryadida harakatlanuvçi Mercedes-Benz S500 gibrid modeli 2014 yildan sotuvga çiqqan.
Avtoelon.uz saytiga 30 noyabr kuni joylangan e'londa 2021 yilda işlab çiqarilgan Mercedes-Benz S 500 rusumli avtomobil 223 ming yevroga narxlangan. E'lon muallifi özini Mercedes-Benz'ning rasmiy dileri deb taniştirgan.
- Poytaxt hokimining qaroriga asosan, hokimlikning işlar boşqarmasiga maşinani texnik körikdan ötkazib, undan samarali foydalaniş çoralarini köriş topşirilgan.
- Şahar moliya boşqarmasiga bu avtomobilni saqlaş xarajatlarini 2022 yilgi mahalliy budjetga kiritiş vazifasi yuklatilgan.












