Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti 24 noyabr kuni JARda qayd etilgan koronavirusning yangi varianti «Omikron» bilan boğliq umumiy global xavfni juda yuqori deb baholagan.
Foto: EPAFoto: EPA
JSST taşkilotning barça 194 a'zosini xavf guruhida bölganlarni emlaşni jadallaştirişga hamda tibbiyot muassasalariga böladigan navbatdagi oqimga tayyor turişga çaqirdi.
Bugungi kunda kovidning yangi varianti tufayli birorta ölim holati qayd etilmagan bölsa-da, JSST «omikron»da röy bergan köplab mutatsiyalar unga emlangan yoki kovidning boşqa ştammlariga çalinib tuzalgan odamlarning immun tizimini çetlab ötişga yordam berişi mumkinligini ta'kidlagan.
«Kasallikning qay darajada oğir keçişidan qat'i nazar, kasallaniş holatlari soni ortişi soğliqni saqlaş tizimlariga qöşimça yuklama olib kelişi, bu esa öz navbatida ölim holatlari sonini köpaytirişi mumkin. Şuning uçun, ayniqsa vaksinatsiya darajasi past bölgan mamlakatlarda xavf guruhiga mansub bölganlar zarba ostida qolişi mumkin», deya ogohlantiradi JSST.
Bugungi kunda «omikron» qayd etilgan mamlakatlar soni 20dan oşdi: Avstraliya, Avstriya, Botsvana, Belgiya, Buyuk Britaniya, Braziliya, Daniya, Germaniya, Hongkong, Isroil, Italiya, Ispaniya, Kanada, Niderlandiya, Nigeriya, Portugaliya, Saudiya Arabistoni, Şvetsiya, Şveytsariya, JAR, Çexiya va Yaponiya.
Bayden vahima qilmaslikka çaqirmoqda
Foto: Getty Images
Yakşanba kuni Şimoliy Amerika hududida, Kanadada «omikron»ning ilk taşuvçisi qayd etildi, duşanba kuni esa AQŞ prezidenti Jo Bayden bu ştamm «xavotirga sabab bölişi, ammo vahima qiliş kerak emasligi» haqida gapirdi.
Oq uyda çiqiş qilgan Bayden «Omikron» AQŞga ham kirib kelişidan qoçib bölmasligini aytgan.
AQŞ duşanba kunidan quyidagi mamlakatlardan aviareyslarni bekor qildi: JAR, Botsvana, Zimbabve, Namibiya, Lesoto, Esvatini, Mozambik va Malavi. Jo Bayden bu taqiqlar orqali AQŞ yangi ştammni örganiş uçun vaqtdan yutişi mumkinligini ta'kidladi.
«Bizda - dunyodagi eng yaxşi vaksina, eng yaxşi dori-darmonlar, eng yaxşi olimlar va biz har kuni örganişda davom etamiz», degan AQŞ prezidenti.
JSST ogohlantirişlariga qaramay, Qöşma Ştatlar qat'iy lokdaunga qaytmaydi.
Çegaralar zudlik bilan yopilganiga qaramay yangi ştamm bir hafta muddat içida önlab mamlakatlarga tarqalgani hayron qolarli holat emas.
Ilmiy yondaşuv oldingi kuzatuvlar natijalarini tahlil qilişga asoslanadi va şuning uçun doimiy özgarişda bölgan reallikdan ortda qoladi. Ayniqsa gap bir neça kundan keyin özini namoyon qiladigan, ba'zi hollarda esa umuman simptomlarsiz qoladigan infeksiya haqida ketganda bu örinlidir.
Ötgan yil fevralida, JSST ekspertlari hamon Xitoy yangi kasallik tarqalişini öz hududida bölmasa-da, Şarqiy Osiyo mintaqasidan taşqariga çiqarmaslikning uddasidan çiqişiga umid qilayotganida, virus, keyinroq ma'lum bölganidek, allaqaçon Amerikaga ham, Yevropaga ham yetib borgandi.
Hozirda ham aynan şu kabi holat bölişi mumkin. Janubiy Afrikadan Niderlandiyaga kelgan ikki reys yölovçilari bölgan önlab kişilarda yangi ştamm aniqlandi. Oy boşidan buyon JARdan Yevropaning öziga taxminan 300 reys amalga oşirilgan - bu 100 mingga yaqin yölovçi deganidir.
Şuning uçun, butun dunyoda çegaralar yopilişi va boşqa çeklov çoralari kuçaytirilişidan maqsad - virus tarqalişini töxtatiş emas (bu umuman imkonsiz iş), balki uning tarqalişini sekinlaştiriş ekanini tuşuniş kerak. Vaqtdan yutiş orqali yangi variantning xususiyatlarini yaxşiroq örganiş va uning avvalgi ştammlarga qaraganda qançalik xavfli ekani, umuman xavfli yoki xavfli emasligi borasida xulosalar qiliş mumkin böladi.
Hozirda mutaxassislar bir ovozdan hozirça vahima qilişga erta ekani haqida aytişmoqda. Bugungi kunda biz uşbu ştammga çalinganda kasallik oğir keçişi, ölim darajasi yuqori bölişi va tabloidlar öquvçilarini qörqitayotgan boşqa oqibatlar uyoqda tursin, hatto yangi variant nisbatan tez yuquvçan ekani haqida aniq ma'lumotga ega emasmiz.
Şu bilan birga, mavjud dalillar hozirça «ayblanuvçi» foydasiga emas. «Omikron»ni olimlar Janubiy Afrikada yangi tölqin boşlaganiga e'tibor qaratişganida aniqlaşdi. Bu mamlakatda sönggi uç haftada yangi taşxis qöyilganlar soni 13 barobarga köpaydi - uç hafta oldin kunlik holatlar soni 275ta bölgan, endilikda kuniga örtaça 3700 holat.
Mantiqan taxmin qiliş mumkinki, kasallik bunday avj olişi sababi - virus qobiğidagi tojga öxşaş tikanlar - spayk-oqsilda biryöla öttiz mutatsiya borligi bölgan, aynan şular virus inson hujayralariga kirib olişida yordam beradi. Şu bilan birga, bu versiya hozirça laboratoriya tekşiruvlarida rasman tasdiqlangani yöq, yangi tölqinni esa boşqa sabablar bilan ham izohlaş mumkin.
Masalan, JARda katta yoşli aholining törtdan bir qismi ham vaksina olmagan, şunday ekan, JSST bu mamlakatda kasallik avj olişi biror yirik ommaviy tadbir vaqtida röy berganini ham istisno etmaydi.
Şuningdek, boşqa xavotirlar borasida ham taxminan şunday fikrlar bildiriş mumkin: hozirda «omikron» ölim darajasini oşirişi ham, yangi ştamm vaksina hosil qilgan immun himoyasini çetlab ötişi ham hozirça ilmiy tasdiqlarga ega emas va yaqin haftalarda ham bunday tasdiq bölişi dargumon.
Hozirça, ekspertlarning fikriga köra, aniq aytiş mumkin bölgan narsa şuki, «omikron» Covid-19ga çalinib bölganlarga osonroq yuqişi kuzatilmoqda.
Ehtiyotkorona optimizm
Şu bilan birga, optimizm uçun bir neça sabablar mavjud. Birinçidan, JAR yangi patogenlarni aniqlaş uçun yuqori darajadagi tizim va yaxşi jihozlangan laboratoriyalar evaziga «omikron»ni juda tez aniqlaşga erişdi - bu esa öz vaqtida çeklov çoralarini kiritiş imkonini berdi, bu safargi çoralar «alfa» va «delta» aniqlangan vaqtdagiga qaraganda samaraliroq bölişi tayin.
Ikkinçidan, agar mavjud vaksinalar yangi variant bilan zararlanişga qarşi yetarli darajada samarali bölmasa ham (bu hozirça taxmin, bu taxmin hozirda Pfizer/BioNTech laboratoriyalarida tekşirilmoqda), immun tizimining kasallikning oğir keçişi va ölimdan himoyalaş qobiliyati yuqoriligiça qoladi. Pfizer vakillari hatto 100 kun içida yangi variantga moslaştirilgan yangi versiyadagi vaksinalarning ilk partiyasini yetkazib berişni va'da qilişgan.
Uçinçidan, dastlabki ma'lumotlarga köra, «Omikron»dan zararlanganda kasallik keçişi «Delta» bilan boğliq holatlardan yengilroq keçmoqda.
Reuters agentligi janubiy afrikalik şifokorlarga asoslangan holda xabar berişiça, bemorlarning şikoyatlari asosan boş oğriği, toliqiş va muşaklardagi oğriqlar bilan boğliq. Yangi variant bilan zararlaniş holatlarida hozirça ta'm seziş yoki hid biliş qobiliyati yöqolişi bilan boğliq alomatlar qayd etilmagan.
Ammo asosiysi - yangi kovid bemorlarining heç birida qondagi kislorod darajasi keskin pasayib ketiş holati kuzatilmagan. Bu şuni anglatadiki, bemorni şifoxonaga joylaştirişga zarurat bölmaydi: bunday holatda uyda davolaniş ham mumkin.
Şu bilan birgalikda, JARda qayd etilgan holatlarning aksari 40 yoşgaça bölgan kişilar bilan boğliq, bu yoş toifasidagilar esa Covid-19ni keksa yoşdagilarga nisbatan yengilroq ötkazadi.
Dunyoda yana nima gaplar?
Foto: Getty Images
Ştammning tezlik bilan keng tarqalişi köplab mamlakatlar hukumatlarini zudlik bilan qöşimça himoya çoralarini körişga, birinçi navbatda çegarada nazoratni kuçaytirişga undamoqda.
Şotlandiyada olti kişida uşbu ştamm aniqlangaç, birinçi vazir Nikola Sterjyen aholini uyalmaslikka va tez-tez test topşirişga çaqirdi. Ma'lum bölişiça, kasallanganlarning ayrimlari safarlarga çiqmagan va uyidan uzoqlaşmagan holda virus yuqtirib olgan. Şu bilan birga, ularning heç biriga statsionar davolaniş (şifoxonada yotiş) zarurati bölmagan va barça zararlanganlar özini ihotalagan.
Sterjyen va uning uelslik hamkasbi Mark Dreyford rasmiy London xorijdan Buyuk Britaniyaga kirib keluvçilarga yangi, yanada qat'iyroq bölgan talablar qöyilişini istaşmoqda, ammo Dauning-strit hozirça keskin çoralardan tiyilmoqda.
Ayni vaqtda şotlandiyalik şifokorlar kasallaniş manbasini aniqlaş uçun, şuningdek, yana kimlar kasallanişi mumkinligini hisoblaş uçun bemorlarning barça kontaktlarini kuzatmoqda. Yangi ştamm aniqlanganlar bilan sönggi kunlarda aloqada bölganlarga vaksina olgan-olmaganidan qat'i nazar özini 10 kunga ihotalaş tavsiya etilmoqda.
Sterjyen yangi variant aniqlangan hududlarda qöşimça testlar ötkazişni taşkillaştirişni va'da qilgan va infeksiya jilovlanişi yoki u keng tarqalib ketişi haqida gapirişga hali erta ekanini qöşimça qilgan.
Niderlandiyada karantindan qoçgan juftlik hibsga olindi
Avvalroq Janubiy Afrikadan Amsterdamga uçib kelganlardan 13 nafarida olingan test namunalari ularda koronavirusning yangi varianti borligini körsatgandi.
Hukumat karantindan qoçmoqçi bölgan juftlik (Ispaniya va Portugaliya fuqarolari) ham Afrikadan kelganiga aniqlik kiritmagan, ammo karantinni ular ham JARdan kelgan yölovçilar bilan bir joyda ötayotgan bölgan. Qoidabuzarlar karantin töğrisidagi qonunni buzgani uçun sud qilinadi.
Niderlandiyada pandemiya boşidan buyon kovid bilan boğliq ölim holatlari soni 20 mingdan oşgan, bu ölim körsatkiçi böyiça Ğarbiy Yevropadagi eng past körsatkiçdir.
Avstraliya çegaralarini oçişga şoşilmayapti
Avstraliya beş nafar yölovçida yangi variant aniqlangaç, mamlakatga keluvçi xorijliklar uçun bölgan çeklovlarni yumşatişga şoşilmaslikka qaror qildi.
Sidneydagi xalqaro aeroportda yölovçilar reysga çiqişdan oldin tekşirilmoqda
1 dekabrdan mamlakatga emlangan mehnat muhojirlari va xorijlik talabalarni kiritiş möljallanayotgandi, ammo «omikron» paydo bölişi boş vaziri Skott Morrisonni çoralar yumşatilişini ikki hafta keyinga surişga majbur qildi.
Yaqin vaqtlargaça Avstraliyada dunyodagi eng qat'iy nazorat tekşiruvlari saqlanib qolayotgandi, unga köra mamlakat fuqarolariga ham jiddiy sabab körsatilmaganda xorijga çiqiş taqiqlangandi.
Rasmiylar Avstraliya qal'asi taktikasini infeksiyani jilovlaşdagi ahamiyatini yuqori baholaşgan, ammo bu çoralar jamoatçilikda noroziliklar keltirib çiqargan - bu çoralar köplab oilalarni köp vaqtga bir biridan ayro qildi.
Şu bilan birgalikda, çoralar yumşatilişini keçiktirişga qaror qilingani hukumat qat'iy çoralarni qaytarmoqçiligini anglatmaydi. Bugungi kunda Avstraliya öz fuqarolarini mamlakatga kiritadi, şuningdek, Yangi Zelandiya va Singapurdan ham vaksina qabul qilgan sayohatçilar kelişiga ruxsat bor.
Duşanba kuni Yaponiya ham JSSTning «omikron»ning global tahdidi haqidagi ogohlantirişiga reaksiya berib, barça xorijliklarga mamlakat hududiga kirişni taqiqladi, köp ötmay mamlakatga yangi variant kirib bölgani ma'lum böldi.
Boş vazir Fumio Kisida bu çoralar qaçongaça amal qilişiga aniqlik kiritmagan, ammo u jurnalistlarning savollariga javoban uni «haddan taşqari ehtiyotkor» deb ataguvçilar bilan bahslaşişga tayyorligini bildirgan
«Bu vaqtinça, istisno tarzidagi xavfsizlik çoralari, biz bu çoralarni «omikron» töğrisida batafsil ma'lumotlar paydo bölguniga qadar kiritdik», degan u.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi