Texasda yaşovçi 30 yoşli tadbirkor Li Prays özini pul yuviş va bank ötkazmalari bilan firibgarlik sodir etişda aybdor deb tan olgan.
AQŞ adliya vazirligi ma'lumotlariga köra, Prays 1,6 mln dollar miqdorida imtiyozli kreditni olişda firibgarlik sodir etganlikda ayblangan. U olingan pullarni kompaniyasi xodimlariga maoş sifatida tölaş örniga ularni 200 ming dollardan qimmatroq turuvçi Lamborghini Urus sportkari, qimmatbaho soatlar, köçmas mulk sotib olişga va köngilxuşlikka sarflab yuborgan.
Ta'kidlanişiça, pullar tadbirkorga AQŞ hukumati pandemiya vaqtida kiçik va örta biznesni qöllab-quvvatlaş uçun taqdim qilgan mablağlar hisobidan ajratilgan bölgan. Şuningdek, Praysdan 700 ming dollardan köproq mablağ musodara qilingan.
Ma'lumotlarga köra, AQŞ adliya vazirligining firibgarliklarga qarşi kuraşiş bölimi pandemiya vaqtida yordam körsatiş dasturi boşidan beri 95 ta jinoiy iş böyiça 150 dan köproq gumonlanuvçiga ayblovlar bildirgan. Ta'kidlanişiça, imtiyozli kredit olişga topşirilgan yolğon arizalar orqali 75 mln dollardan köproq pul olingan.












