Vazirlar Mahkamasi rahbariyati, Taşqi va Içki işlar, Jamoatçilik, Energetika va Iqtisodiyot vazirliklarida muzokaralar olib borildi. Mamlakatdagi mavjud vaziyat, Afğoniston xalqiga insonparvarlik va boşqa yordam körsatiş borasidagi sa'y-harakatlar, energetika va transport sohalarida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Özbekiston tomonidan elektr energiyasini uzluksiz yetkaziş, Özbekiston-Afğoniston davlat çegarasi iş tartibini davom ettiriş, Mozori-Şarif xalqaro aeroporti faoliyatini tiklaşga kömaklaşiş, insonparvarlik yordamini öz vaqtida körsatiş borasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlarga yuqori baho berildi.
Afğoniston tomoni Özbekiston taşabbusi bilan boşlangan Surxon – Puli-Xumri elektr uzatiş liniyasi va Mozori Şarif-Kobul-Peşovar temir yöli qurilişi kabi infratuzilma loyihalarini amalga oşirişni imkon qadar tezroq boşlaşga tayyorligini tasdiqladi. Bu loyihalar mamlakatni mintaqaviy jarayonlarga bosqiçma-bosqiç jalb etişning asosiy omiliga aylangan integratsiya va özaro boğliqlikka xizmat qiladi.
“Afğoniston vakillari Özbekiston tomonini Özbekiston va mintaqaning boşqa davlatlariga, umuman, butun dunyoga zarraça tahdid ham heç qaçon uşbu davlat hududidan kelmasligiga işontirdi”, deyiladi ma'lumotda.
Afğonistonning yangi hukumati Özbekiston bilan birgalikda ikki mamlakat xalqlarining buyuk ajdodlari – Alişer Navoiy (Hirot), Zahiriddin Bobur (Kobul), Abu Rayhon Beruniy (Ğazna) va Boborahim Maşrab (Tahor) qönim topgan maskanlarda obodonlaştiriş işlarini olib borişga tayyorligini bildirdi. Mamlakat maktablari va oliy öquv yurtlarida özbek tilini örganişga ham alohida e'tibor qaratilişi aytiladi.
Afğoniston tomoni mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlaş yölida ikki mamlakat xalqlari manfaatlari yölida Özbekiston bilan birodarlik va yaxşi qöşniçilik munosabatlarini qöllab-quvvatlaş yönalişini bundan keyin ham davom ettirişga qat'iy ekanini tasdiqladi, deyiladi xabarda.

















