Kun.uz'ning prokuratura organlaridagi manbasining ma’lum qilişiça, joriy yil 18 noyabr kuni Boş prokuraturaning kengaytirilgan hay’at yiğilişida Andijon viloyat prokurori Ğayrat Fozilov keskin tanqidga uçragan. Viloyat prokurori uşbu majlisdan söng işga çiqmagan.
Endilikda Eşmurod Qarşiyeviç Jörayev Andijon viloyat prokurori vazifasini bajaruvçisi etib tayinlangan. U bungaça Boş prokuraturada murojaatlar bilan işlaş boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgandi.
Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, joriy yilining 25 noyabr kuni faoliyatida yöl qöygan xato-kamçiliklari uçun Andijon viloyat prokurori Ğayrat Fozilov Boş prokuror buyruğiga asosan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Avvalroq, 18 noyabr kuni boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev boşçiligida Boş prokuraturada kengaytirilgan hay’at yiğilişida faoliyatida jiddiy xato va kamçiliklarga yöl qöygan hamda xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan munosabatda bölgani uçun 18 nafar xodim intizomiy jazoga tortilgani ma’lum qilingan edi.
Ma’lumot uçun, Ğayrat Fozilov 2018 yil yanvar oyida Andijon viloyati prokurori lavozimiga tayinlangan edi. U Majburiy ijro byurosi direktorining örinbosari lavozimiga ötkazilgan Muzaffar Egamberdiyevni almaştirgandi.
Bundan oldinroq Andijon viloyat prokuraturasi xodimi 15 ming dollar pora olayotgan vaqtda DXX xodimlari tomonidan qölga olingani haqida xabar berilgan edi.









