Andijon viloyat prokuraturasida mas'ul lavozimda işlovçi Q. ismli şaxs pora olayotgan vaqtda DXX xodimlari tomonidan qölga olingan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi. Boş prokuratura matbuot xizmati holatni tasdiqladi.
“12 noyabr kuni taxminan soat 23:00 larda huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Andijon viloyati prokuraturasi xodimi 15 000 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlangan. Hozirda tergovga qadar tekşiriş harakatlari ötkazilmoqda”, – deya Kun.uz'ga ma'lum qildi boş prokurorning matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov.
Qölga olingan prokuratura xodimi hokimning jiyani ekani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma'lumot öz tasdiğini topmadi.
Avvalroq DXX Jizzax viloyatida tuman prokurorini 2 ming dollar pora bilan, Samarqand viloyatida tuman prokurori örinbosarini 10 ming dollar pora bilan qölga olgandi. Sentyabr oyida jamoatçilikka oçiqlangan bu holatlar aynan qaysi tumanlarda röy bergani hozirgaça noma'lum bölib qolmoqda.












