Uçinçi ming yillikning boşlanişi muhim ikki tamoyil bilan xarakterlanadi. Birinçidan, hozirgi sivilizatsiya global ekologik muammolar (iqlim özgarişi, ozon qatlami yemirilişi, içimlik suvi ifloslanişi va yetişmasligi, örmon va tuproq inqirozi, bioxilma-xillik qisqarişi, ortiqça hajmdagi çiqindilar hosil bölişi hamda ularni zararsizlantiriş muammolari va boşqalar) bilan töqnaş keldi.

Ikkinçidan, dunyo jadal sur'atlarda özgarib bormoqda. Şuning uçun keçagi mezonlar bilan ertangi istiqbolni belgilaş u yoqda tursin, hatto bugungi hodisalarni ham baholab bölmaydi. Bu kabi muammolar Özbekiston uçun ham xosdir.

An'anaga köra, bugungi kunda ötkazilayotgan 8-çi xalqaro iştirok bilan ötkazilayotgan respublika ilmiy-amaliy anjumani profilaktik tibbiyotning dolzarb muammolariga bağişlangan dunyo miqyosida va respublikamizda ekologiyaga boğliq muammolarni hal etişda muhim rol öynaydi.

Ekologik salomatlik masalasi milliylikdan xalqaro miqyosda rivojlanib, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tomonidan doimiy e'tibor predmetiga aylandi. JSST ma'lumotlariga köra, aholining salomatlik holati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş darajasiga 50-60 foizga, ekologik muammolarni hal etişga 20-30 foizga va faqat soğliqni saqlaş tizimining rivojlanişiga 15-20 foizga boğliq. Aholi salomatligi va jamiyat farovonligiga xavf solayotgan atmosfera havosi ifloslanişiga qarşi kuraş atrof-muhitni muhofaza qilişda alohida örin tutadi.

JSSTning sönggi ma'lumotlariga köra, taxminan 7 million bevaqt ölim holatlariga atmosfera havosi va xonalar havosi ifloslanişi sabab bölmoqda. Bugungi kunda havo ifloslanişi gipertoniya va ovqatlaniş bilan boğliq kasalliklarni kelib çiqişida xavf omillaridan keyingi örinda turadigan salomatlik uçun eng ahamiyatli global xavf omili hisoblanadi. 

YuNeSKOning 257ta örmon qöriqxonalaridan öntasi sönggi 10 yil içida zaharli karbonat angidrid gazi çiqaruvçi manbaga aylandi. Bunga örmon yonğinlari sababçidir. Yonğinlar uglerodning atmosferaga tarqalişiga olib keladi, bu esa isiş va yangi yonğinlarni keltirib çiqaradi.

Özbekiston Ekologiya va tabiatni muhofaza qiliş qömitasining ma'lumotlariga köra, işlab çiqariş korxonalari tomonidan tabiiy resurslar ifloslanmoqda. Jumladan, «Navoiyazot» AJ tomonidan Zarafşon daryosiga hayot uçun xavfli bölgan moddalar oqizilgan, oqibatda daryo suvi zaharlanib, köplab baliqlar nobud bölgan. Ma'lumotlarga köra, Zarafşon daryosi suvida azot ammoniy belgilangan me'yorlardan 21 marta, azot nitrat 2,6 marta, azot nitrit 60 marta, xloridlar 1,3 marta, mis ionlari 2,1 marta yuqori ekani va bu daryoda yoppasiga zaharlaniş yuzaga kelişiga sabab bölganini körsatgan.