Universitet axborot xizmati uşbu holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.

Qayd etilişiça, bugun soat 14:00 atrofida Andijon davlat universiteti 1000 örinli binosining 4 qavatidan ayol kişi ehtiyotsizligi oqibatida tuşib ketgan.

Rasmiy munosabatda bildirilişiça, ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti talabalari ota-onalari uçun majlis ötkazilgan. Majlis universitetning 4-qavatida joylaşgan kiçik majlislar zalida bölib ötgan. Unda iştirok etgan talabalardan birining kelinoyisi yiğiliş bölayotgan vaqtda telefon bölib qolgani sababli yiğilişdan çiqib, telefonda suhbatlaşgan.

Ayni vaqtda şu qavatda binoning zinalarini yangi, baquvvatiga almaştiriş uçun eskisi olib taşlanib, yangisini örnatiş işlari amalga oşirilayotgan bölgan. 

Ayol telefonda suhbatlaşiş jarayonida quriliş bölayotgan hududni anglatuvçi belgi va tösuvçi tasmalarga ahamiyat bermasdan zinapoya tomonga yurgan va e'tiborsizlik oqibatida tuşib ketgan. Bunda quriliş-ta'mirlaş işlari olib borilayotgan hudud töliq berkitib qöyilmaganligi, tösiq lentalariga esa e'tibor bermasligi ham sabab bölgan.

"Hodisa yuz bergan vaqtning özidayoq universitetning mas'ul xodimlari tomonidan şoşilinç tez yordam çaqirilib, fuqaro respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialiga universitet ma'muriyati vakillari hamrohligida olib borilgan va birinçi yordam körsatilgan. Ma'lumot uçun, ayol homilador bölmagan", - deyiladi universitet axborot xizmati munosabatida.