Prezident “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini ta'minlaş va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça hokim yordamçilari faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.

2022/2023 öquv yilidan boşlab oliy ma'lumotga ega bölmagan hokim yordamçilarini davlat oliy ta'lim muassasalarining iqtisodiy ta'lim yönalişlariga Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlarining tavsiyasiga köra davlat granti asosida sirtqi ta'lim şakliga suhbat asosida öqişga qabul qiliş amaliyoti joriy etiladi.

Belgilanişiça, hokim yordamçilari va markazlar xodimlarining ştat birliklari mos ravişda mahalla fuqarolar yiğini raisining obodonlaştiriş, tomorqa va tadbirkorlik masalalari böyiça örinbosari, tuman (şahar) bandlikka kömaklaşiş markazlarining işga joylaştiriş inspektori, tumanlar va şaharlardagi boş vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonalari ştat birliklarini maqbullaştiriş hisobidan taşkil etiladi.

Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi hokim yordamçilari va respublika vakillariga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga ulangan, masofadan turib hisobotlar taqdim etiş hamda video konferensiya aloqa şaklida yiğilişlarda iştirok etiş imkonini beruvçi maxsus planşetlar ajratilişini ta'minlaydi.

Boş vazir örinbosari J.Qöçqorov har haftada Respublika komissiyasi, respublika vakillari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalari böyiça sektor rahbarlari, hokimlarning birinçi örinbosarlari va hokim yordamçilari iştirokida mahallalarda amalga oşirilayotgan işlarni muhokama qiladi; har haftada hududlarga çiqib, mahallabay işlaş tizimi asosida amalga oşirilayotgan işlarni joyida örganib boradi, hokim yordamçilari va respublika vakillari faoliyatining samarali taşkil etilişini ta'minlaydi.