Prezident “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini ta'minlaş va kambağallikni qisqartiriş böyiça davlat siyosatining ustuvor yönalişlari töğrisida”gi farmonni imzoladi.

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi hamda Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligining:

  • “Yangi Özbekiston islohotçisi” kökrak nişonini ta'sis etiş;
  • hokim yordamçisi lavozimiga tayinlangan hamda ular faoliyatini samarali taşkil etişga jalb qilingan şaxslarni uşbu kökrak nişoni bilan taqdirlaş amaliyotini joriy etiş töğrisidagi takliflari ma'qullandi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda “Yangi Özbekiston islohotçisi” kökrak nişoni töğrisidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi bilan birgalikda joylarda “inson qadri uçun” şiori bilan amalga oşirilayotgan islohotlarda özining faol iştiroki, aholining turmuş darajasini yaxşilaş böyiça taşabbuslari bilan boşqalarga örnak bölayotgan mahallalar va hokim yordamçilarini rağbatlantirib boriş maqsadida “Eng namunali mahalla” va “Faol hokim yordamçisi” kabi körik-tanlovlarning muntazam ötkazib borilişini ta'minlaydi.