Britaniya Aerokosmik texnologiyalar institutida dunyo aviatsiyasining kelajagiga aylanişi mumkin bölgan samolyot işlab çiqildi, deb yozadi Bloomberg.
Buyuk Britaniya hukumati uşbu samolyotni işlab çiqişga 15 mln funt sterling bergan.
Yangi avialayner vodorod yonilğisida işlaydi va ekologiyaga xavf solmaydi.
Model ikkita turboventilyatorli dvigatel va vodorod saqlaşga möljallangan kriogen baklar bilan jihozlangan. Yonilğini minus 250 daraja haroratda ham saqlaş mumkin.
Tadqiqotçilarning ta'kidlaşiça, layner 279 nafar yölovçini reaktiv dvigatelli samolyotlardagi kabi tezlik va qulaylikda Londondan San-Fransiskoga olib kelişi mumkin.












