Pensilvaniya universiteti olimlari koronavirus tarqalişini çeklaşga yordam beradigan rezinka saqiç işlab çiqdi.

Işlanma mualliflaridan biri Genri Deniyellning sözlariga köra, virus sölakda köpayadi.

«Zararlangan odam aksirganda, yötalganda yoki gapirganda virus zarralari taşqariga çiqadi va boşqalarga ötişi mumkin. Rezinka saqiç sölakdagi viruslarni yöq qiliş imkoniyatini beradi – bu bilan kasallik tarqalişining oldi olinadi», — dedi u.

Koronavirus yuqtirgan bemorlarning sölaklaridan olingan namunalar saqiç virus darajasini kamaytirişini körsatdi.

Tadqiqotçilar rezinka saqiçning klinik sinovlardan ötkazilişiga erişmoqçi.