«Agar prokuratura organlarining biror xodimi faoliyatida korrupsiya bilan boğliq xatti-harakat (yoki harakatsizlik)ni kuzatsangiz, sezsangiz, bu haqda zudlik bilan Boş prokuratura Şaxsiy xavfsizlik boşqarmasining (71) 202-08-28 raqamli «Işonç telefoni»ga ma'lum qilişingizni söraymiz.

Murojaatçilar haqidagi ma'lumotlarning sir saqlanişi töliq kafolatlanadi», deyiladi Boş prokuraturaning keng jamoatçilikka qilgan murojaatida.

Boş prokuraturaning uşbu murojaati sönggi vaqtlarda prokuratura xodimlari bilan boğliq korrupsion jinoyatlarga oid xabarlar köpayişi ortidan yuz bermoqda.

Xususan, 6 dekabr kuni Boş prokuratura boşqarma boşliği örinbosari 29 ming dollar pora bilan qölga olingan bölsa, 12 noyabr kuni Andijon viloyat prokuraturasi mas'ul xodimi 15 ming dollar pora bilan uşlangandi.

Şuningdek, sentabr oyida Jizzax viloyatida tuman prokurori 2 ming dollar pora bilan, Samarqand viloyatida tuman prokurori örinbosari 10 ming dollar pora bilan qölga olingani xabar qilingandi.

Bundan taşqari, 18 noyabr kuni Boş prokuratura kengaytirilgan hay'at yiğilişida faoliyatida jiddiy xato va kamçiliklarga yöl qöygan hamda xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan munosabatda bölgani uçun 18 nafar xodim intizomiy jazoga tortilgan, Andijon viloyat prokurori egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.