To‘rtko‘lda tadbirkor bo‘lish istagida bo‘lgan fuqarodan 7 ming dollar talab qilgan firibgar ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti
Qoraqalpog‘istonda tadbirkor bo‘lish istagida bo‘lgan fuqarodan pul talab qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, departamentning To‘rtko‘l tuman bo‘limi va DXX tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro U.S. firibgarlik yo‘li bilan noqonuniy daromad orttirish maqsadida, fuqaro S.ga tanishlari orqali do‘kon qurishi uchun yer maydoni olib berishni va'da qilib, unga tuman hududidan “Eko bozor” qurilishi uchun 75 kv. metr yer maydoni ajratilganligi haqidagi tuman hokimining soxta farmoyishini taqdim qilib, evaziga 7 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bundan oldin Xo‘jayli tumanida MChJ nomidagi 1 mlrd so‘mlik mulklarni sobiq rahbarlar sotib yuborgani aniqlangandi.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp inauguratsiyadan so‘ng ilk marta Rossiya kompaniyalariga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etdi
Jahon | 23:09
-
Germaniyada chiqindini kim noto‘g‘ri saralayotganini aniqlashda sun’iy intellektdan foydalanish boshlandi
Jahon | 23:07
-
Kipr parlamentida Roman Abramovichning firmasini tekshirish talab qilindi
Jahon | 22:37
-
Tanzila Norboyeva Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston | 22:36
Mavzuga oid

16:13 / 23.03.2025
Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasining baki portlab ketdi. Jarohat olganlar bor

11:47 / 03.12.2024
BBC o‘zbekistonlik tadbirkor - Dilorom Yo‘ldoshevani «dunyo bo‘ylab ilhomlantiruvchi va nufuzli 100 ayol» ro‘yxatiga kiritdi

17:02 / 28.11.2024
«Kafolatlanmagan tadbirkorlar». Poytaxtdagi yuzlab korxonalar gazdan uzib qo‘yildi

15:19 / 08.11.2024