«Yetmiş marta öylab, qaror qiliş kerak» - Şavkat Mirziyoyev asosiy qomusni yangilaş töğrisida
|01:05 / 08.12.202133 39414 min
Özbekistonning yangi Konstitutsiyasi 2022 yili qabul qilinişi mumkin. Şavkat Mirziyoyev konstitutsiyaviy islohotlar uçun 9ta zaruratni sanadi.
Şavkat Mirziyoyev Konstitutsiya qabul qilinganining 29 yilligi bilan Özbekiston xalqini tabrikladi va asosiy qomusni yangilaş töğrisida gapirib ötdi.
Qadrli vatandoşlar!
Avvalo, siz, azizlarni, köp millatli butun xalqimizni qutluğ ayyom – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Butun dunyo qatori yurtimizda ham davom etayotgan koronavirus pandemiyasi sababli bu yil ham Konstitutsiya kuniga bağişlangan tantanali marosimlarni keng miqyosda ötkazişning, afsuski, imkoni bölmayapti. Lekin bu bayram qalblarimizga quvonç va şukuh bağişlab, oilalarimizda, mehnat jamoalari, ta’lim maskanlari, mahallalarda şodu xurramlik bilan nişonlanmoqda.
Muhtaram döstlar!
Hayotimiz qomusi bölgan Konstitutsiyamiz mustaqillik yillarida erişgan barça yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori bölib kelayotganini hammamiz yaxşi bilamiz va yuksak qadrlaymiz.
Aynan Konstitutsiyamizga tayanib, biz bundan beş yil oldin mamlakatimizda Harakatlar strategiyasini qabul qildik va Yangi Özbekistonni barpo etiş böyiça keng kölamli islohotlarni boşladik. Ötgan qisqa davrda jamiyatimizning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy manzarasi butunlay özgardi. Erkinlik va oçiqlik, qonun ustuvorligi, jahon hamjamiyati bilan özaro manfaatli hamkorlik davlatimiz siyosatining asosiy yönalişiga aylandi.
Biz Konstitutsiyamizda muhrlab qöyilgan huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini quriş ğoyasiga sodiq qolib, şu yölda keng kölamli ulkan işlarni amalga oşirdik, katta bilim va tajriba töpladik.
Avvalo, “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir” degan konstitutsiyaviy qoidadan kelib çiqib, xalq bilan doimiy muloqot qiliş faoliyatimiz mezoni etib belgilandi, davlat idoralari rahbarlari fuqarolar oldida hisobot beradigan samarali tizim yölga qöyildi.
Davlat organlari faoliyatida oçiqlik va oşkoralik tobora kengayib bormoqda. Senator va deputatlar, vazir va hokimlar, barça mansabdor şaxslar quyi böğinga, mahalla darajasiga tuşib, aholi bilan bevosita uçraşib, ularning muammolarini joyida hal etmoqda.
Muhim qaror va qonunlar loyihalarini, budjet mablağlaridan oqilona foydalaniş, davlat xaridlari masalalarini muhokama qiliş jarayonida bugun fuqarolarimiz faol iştirok etmoqda. Şu asosda davlat taşkilotlari va fuqarolik institutlari örtasidagi hamkorlik va jamoat nazorati yangi bosqiçga kötarilmoqda.
Mavzuga oid
Yurtdoşlarimiz uçun mamlakatning xohlagan hududida emin-erkin yaşaş, uy-joy va köçmas mulk sotib oliş, fuqarolikka ega böliş, bilim oliş, mehnat qiliş, tadbirkorlik bilan şuğullanib, daromad topiş, turli davlat xizmatlaridan foydalanişga oid keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Eng muhimi, bunday özgarişlarni har bir inson kundalik hayotida körmoqda, his etmoqda.
Ayniqsa, davlat tomonidan Özbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklarini çet ellarda ham ta’minlaş böyiça boşlagan işlarimiz xorijda yaşayotgan yurtdoşlarimizning Vatanimizga bölgan mehri va işonçini oşirişga xizmat qilmoqda.
Bunday natijalarga erişişda Konstitutsiya va qonunlarimiz talablaridan kelib çiqib, iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholini uy-joy bilan ta’minlaş, tibbiyot va ta’lim sohalaridagi muammolar, majburiy mehnat, xususan, bolalar mehnati, işsizlik, kambağallik, korrupsiyaga qarşi kuraş masalalari keng jamoatçiligimiz iştirokida hal etilayotgani muhim rol öynamoqda.
Mamlakatimizda ijtimoiy muammolarni bartaraf etiş maqsadida joriy etilgan “temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoşlar daftari”, “mahallabay” va “xonadonbay” işlaş tizimlari dastlabki ijobiy natijasini berayotganini ta’kidlaş lozim. Ayniqsa, muhtaram faxriylarimiz, xotin-qizlar, yoşlar, aholining yordamga muhtoj qatlamlarining huquq va manfaatlarini ta’minlaşga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mahalliy kengaşlar faoliyati ham jonlanmoqda. Şu yilning özida uşbu tuzilmalar orqali fuqarolarning 29 mingdan ziyod muammolari ijobiy hal etilgani, öz vazifasini mas’uliyat bilan ado etmayotgan rahbarlarga nisbatan tegişli qonuniy çoralar körilayotgani ham şundan dalolat beradi.
Inson huquqlarini himoya qilişda muhim örin tutadigan sud tizimida tub islohotlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, nazorat instansiyasi bekor qilinib, fuqarolar va advokatlarning şikoyatlari ham, xuddi prokuror protesti kabi, töğridan-töğri köriladigan tartib örnatildi.
Ilk bor mansabdorlarni noqonuniy harakatlardan tiyib turadigan ma’muriy sudlar faoliyati yölga qöyilib, ular orqali joriy yilning özida 6,5 mingdan ortiq fuqaro va tadbirkorning huquqlari tiklandi. Iqtisodiy va fuqarolik sudlarida prokurorning iştiroki çeklandi, jinoyat işlarini asossiz ravişda suddan çaqirib oliş bilan boğliq amaliyotga barham berildi. Xorijiy investorlar huquqlarining himoyasini kuçaytiriş maqsadida Xalqaro tijorat arbitraji faoliyati yölga qöyildi.
Advokatlarning vakolatlari kengaytirilmoqda, Oliy Majlis huzuridagi Inson huquqlari böyiça vakil – Ombudsman tomonidan taşkil etilgan jamoatçilik guruhlari öz vazifasini samarali amalga oşirişi uçun zarur şart-şaroitlar yaratilmoqda.
Bu yil 4 mingdan ortiq şaxs sud zalidan ozod qilinib, 8 mingga yaqin fuqaroga nisbatan asossiz qöyilgan moddalar ayblovdan çiqarilgani, 859 nafar şaxs oqlangani sud-tergov sohasidagi islohotlarimizning eng muhim natijasidir.
Xalqimizga xos keçirimlilik, bağrikenglik va oliyjanoblik tamoyillariga amal qilgan holda, bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, qilmişiga çin dildan puşaymon bölib, tuzaliş yöliga qat’iy ötgan şaxslarga nisbatan afv instituti muntazam qöllanmoqda. Şu boradagi işlarimizning davomi sifatida Konstitutsiya kuni arafasida yana bir farmonga imzo çekdim. Unga köra, şu toifaga mansub 182 nafar şaxs muddatidan oldin ozod qilinib, erkin hayotga qaytarilmoqda.
Mamlakatimizda söz va vijdon erkinligini ta’minlaş, ommaviy axborot vositalarini jamoatçilik fikrini ifoda etadigan “törtinçi hokimiyat”ga aylantiriş borasida muhim qadamlar qöyilmoqda.
Turli millat va diniy konfessiyalar vakillarining öz tili, urf-odat va an’analarini rivojlantirişlari uçun zarur şaroit va imkoniyatlar yaratilmoqda.
Ayni vaqtda biz Konstitutsiyamiz normalarini hayotga töla tatbiq etiş, jamiyatda qonun va adolat ustuvorligini, inson huquq va manfaatlari, uning qadr-qimmatini yanada samarali ta’minlaş borasida hali köp iş qilişimiz kerakligini yaxşi tasavvur qilamiz. Oldimizda turgan vazifalarni amalga oşiriş uçun Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida keng kölamli islohotlarimizni izçil davom ettiramiz.
Avvalo, Strategiyada belgilangan maqsad va vazifalarni hayotga joriy etişning taşkiliy-huquqiy asoslarini yaratib, demokratik yangilanişlarni kuçaytirişga alohida e’tibor qaratamiz. Parlament va mahalliy kengaşlar vakolatlarini yanada kengaytiriş, ijro organlari ustidan vakillik nazoratini kuçaytiriş, siyosiy partiyalar va jamoat taşkilotlari bilan hamkorlikni takomillaştiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar amalga oşiriladi. Ayniqsa, hududlarni rivojlantirişda mahalliy kengaşlar rolini oşiriş, fuqarolik jamiyati institutlarining samarali faoliyati uçun zarur şaroitlar yaratiş e’tiborimiz markazida böladi.
Ma’muriy islohotlar dasturini amalga oşiriş borasida davlat organlarining huquqiy maqomini aniq belgilaş, ixçam boşqaruv apparatini şakllantiriş va iş yuritişni raqamlaştirişga alohida ahamiyat qaratiladi.
Yana bir muhim vazifa amaldagi jinoyat qonunçiligini qayta körib çiqişdan iborat.
Hozirgi kunda koloniyalardagi mahkumlarning qariyb 80 foizi mehnatga jalb etilgan bölsa-da, ularning işlagan yillari umumiy mehnat stajiga qöşib hisoblanmaydi va pensiya tayinlaşda inobatga olinmaydi. Ijtimoiy adolat tamoyiliga töğri kelmaydigan bunday çeklovning bekor qilinişi mahkumlar tomonidan moliyaviy muhtojlik tufayli takroran jinoyat sodir etişning oldini olişga xizmat qilgan bölur edi. Şuningdek, jazoni ötab bölgan fuqarolarning jamiyatda öz örnini topişiga kömaklaşiş uçun “dastlabki yordam paketi” tizimi joriy etiladi. Xususan, özining aniq tadbirkorlik loyihasini taqdim etib, mustaqil faoliyatini boşlamoqçi bölgan sobiq mahkumlarga Probatsiya xizmatini rivojlantiriş jamğarmasidan 10 million sömgaça bir martalik moddiy yordam beriladi.
Taraqqiyot kuşandasi bölgan korrupsiyaga qarşi kuraşiş, jamiyatda uning har qanday körinişiga nisbatan murosasizlik muhitini şakllantirişga qaratilgan siyosatni izçil davom ettiramiz. Bu borada davlat idoralari bilan birga, keng jamoatçilik, ayniqsa, fuqarolik jamiyati institutlarining kuç va salohiyatidan samarali foydalanişga jiddiy e’tibor qaratamiz.
Aziz döstlar!
Taraqqiyot strategiyasida öz aksini topayotgan, adolatli va xalqparvar davlat barpo etişda muhim ahamiyat kasb etadigan vazifalarni amalga oşiriş uçun, avvalo, yangi konstitutsiyaviy makon hamda yanada mustahkam qonunçilik bazasi kerak bölişini, öylaymanki, barçamiz yaxşi tuşunamiz. Şu ma’noda, Asosiy qonunimizni jamiyatdagi bugungi real voqelikka, şiddatli islohotlarimiz mantiğiga moslaştiriş, Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasi uçun mustahkam huquqiy poydevor yaratiş muhim vazifaga aylanmoqda.
Şu yil Prezident saylovi oldidan bölib ötgan uçraşuvlarda fuqarolarimiz, keng jamoatçilik, siyosiy partiyalar vakillari tomonidan bildirilgan takliflarda ana şu masala alohida qayd etilgani konstitutsiyaviy islohotlarni obektiv zarurat sifatida kun tartibiga qöymoqda.
Bu, ayniqsa, quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bölmoqda.
Birinçidan, ilgari amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyilini “inson – jamiyat – davlat” deb özgartiriş, uni milliy qonunçiligimiz va huquqiy amaliyotimizda mustahkamlaş zarur.
Ikkinçidan, iqtisodiy islohotlar jarayonida inson manfaatlarini ta’minlaş boş mezon bölişi kerak. Bu – xalqparvar davlat barpo etişning eng muhim şartidir.
Uçinçidan, “Jamiyat – islohotlar taşabbuskori” degan ezgu ğoya doirasida Asosiy qonunimizda fuqarolik jamiyati institutlarining örni va maqomini konstitutsiyaviy jihatdan mustahkamlaş ham davr talabidir.
Törtinçidan, Boş qomusimizda oila institutini rivojlantiriş, ezgu insoniy qadriyatlarimizni kelgusi avlodlarga bezavol yetkaziş, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlaş böyiça konstitutsiyaviy asoslarni belgilab qöyişimiz zarur.
Beşinçidan, farzandlarimiz Yangi Özbekiston bunyodkorlari sifatida maydonga çiqayotgan bugungi kunda Konstitutsiyamizda yoşlarning huquq va manfaatlarini töla ta’minlaş maqsadida yoşlar sohasidagi davlat siyosati, öğil-qizlarimizni har tomonlama qöllab-quvvatlaş masalasi, ularning huquq va burçlari konstitutsiyaviy darajada öz aksini topişi kerak.
Oltinçidan, hozirgi kunda Özbekiston ijtimoiy davlat va adolatli jamiyat quriş sari dadil bormoqda. Şu sababli “Yangi Özbekiston – ijtimoiy davlat” degan tamoyilni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlaşning vaqti-soati yetdi, deb öylayman.
Yettinçidan, inson huquqlarini himoya qiliş böyiça amaldagi tizimning samarasini oşiriş maqsadida Konstitutsiyamizda bolalar mehnatiga yöl qöymaslik, nogironlar, keksa avlod vakillarining huquqlarini işonçli himoya qiliş masalalari ham öz aksini topişi zarur.
Sakkizinçidan, hozirgi vaqtda köplab rivojlangan davlatlar, tabiatdagi global özgarişlarni hisobga olib, öz konstitutsiyasiga ekologiyaga oid maxsus boblar kiritmoqda. Özbekiston Konstitutsiyasida ham uşbu dolzarb masalaga doir huquqiy normalar ustuvor örin egallaşi lozim.
Töqqizinçidan, Uçinçi Renessansning tört uzviy halqasi bölmiş boğça, maktab, oliy ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantiriş masalalarini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qöyiş ham maqsadga muvofiqdir.
Albatta, Konstitutsiyani yangilaşdek ğoyat muhim, strategik vazifani hal etişda biz yetti marta emas, yetmiş marta öylab, xalqimiz bilan har tomonlama maslahatlaşgan holda, yurtimiz va jahondagi ilğor tajribalarni çuqur örganib, aniq qaror qabul qilişimiz zarur.
Oliy Majlis palatalari, hurmatli deputat va senatorlarimiz, muhtaram nuroniylar, xotin-qizlar, yoşlar jamoatçiligi, huquqşunos va siyosatşunos olimlarimiz, ilm-fan namoyandalari, ijodkor ziyolilarimiz, butun xalqimiz bu masalada özining aniq fikr va qaraşlarini bildiradilar, deb işonaman.
Atoqli davlat va siyosat arbobi Uinston Çerçillning “Yaxşi böliş uçun – özgariş kerak, yaxşilarning yaxşisi böliş uçun esa yanada köproq özgariş kerak”, degan sözlarida, öylaymanki, teran hayotiy ma’no mujassam.
Darhaqiqat, bugungi şiddatli davr bizdan zamonga mos harakat va özgarişlarni talab etmoqda. Ana şunday talabga javob beradigan mukammal Konstitutsiyaga ega böliş uçun Asosiy qonunimizning yangi loyihasini tayyorlaşimiz, uni umumxalq muhokamasiga qöyib, bildirilgan takliflar asosida takomillaştiriş, uşbu muhim siyosiy hujjatni 2022 yil Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yillik bayrami nişonlanadigan kunlarda qabul qiliş, öylaymanki, milliy davlatçilik an’analarimizga, xalqimiz manfaatlariga munosib iş böladi.
Aziz va qadrli vatandoşlar!
Mana şu uluğ ayyomda xalqimizning dilidagi bir fikrni yana bir bor ta’kidlab aytmoqçiman: Yangi Özbekistondagi islohotlar endi heç qaçon ortga qaytmaydi.
Yangi Özbekiston ğoyasi el-yurtimizning ulkan intiliş va irodasi bilan umumxalq harakatiga aylanmoqda. Barçamiz ana şu uluğ maqsad yölida yanada jipslaşib, ğayrat-şijoat va mas’uliyat bilan fidokorona mehnat qilsak, közlagan yuksak marralarimizga albatta yetamiz.
Işonçim komil, oradan yillar, asrlar ötadi, lekin ğoyat qiyin va murakkab, oğir sinovli yillarda Yangi Özbekistonni bunyod etişga munosib hissa qöşgan insonlarni kelgusi avlodlar minnatdorlik bilan eslaydi.
Barçamizga ana şunday buyuk baxt va şaraf yor bölsin!
Jonajon Özbekistonimiz doimo gullab-yaşnasin!
Barça ezgu işlarimizda Yaratganning özi madadkor bölsin!
Siz, aziz vatandoşlarimni Konstitutsiya kuni bilan yana bir bor çin dildan tabriklab, barçangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinçlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.