GLAMOUR COSMETICS 2016 yildan boşlab xorijdagi kosmetika mahsulotlarini işlab çiqaruvçi va eksport qiluvçi qator kompaniyalar bilan hamkorlik qilib keladi. Ular orasida kompaniyalararo eksklyuziv şartnomalar ham imzolangan. Bunday imkoniyat, öz navbatida mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan sotuv nuqtalariga qulay narxlarda mahsulotlarni yetkazib berişni ta'minlaydi.

Foto: Glamour Cosmetics

Taqdimot marosimida bir neça yillar davomidagi hamkor Vasu Healthcare kompaniyasi tomonidan soçlarni soğlomlaştiruvçi TRICHUP brendining yangi seriyasi omma e'tiboriga havola etildi. Uşbu seriya xalq talabiga va hududimizga mos ravişda işlab çiqarilgan bölib, özida ösma ösimligi ekstrakti va moyini mujassam etadi. Şuningdek, yuz parvarişiga möljallangan qator kosmetik vositalar taqdimoti bir qator savdo nuqtalari egalari tomonidan qiziqiş bilan kutib olindi.

Foto: Glamour Cosmetics

Vasu Healthcare kompaniyasi Hindistonning yetakçi kompaniyalaridan biri bölib, 1980 yildan boşlab fitofarmatsevtik muolajalarga möljallangan tabiiy kosmetik vositalarini işlab çiqaradi. Kompaniyaning işlab çiqariş infratuzilmasi ayurved mahsulotlarga qaratilgan ilmiy-tekşiruv laboratoriya natijalariga asoslangan. Xalq tabobatida ahamiyatli öringa ega ayurveda 5000 yil avval Qadim Hindistonda şakllangan va şu kungaça soğlom turmuş tarzini tarğib etib keladi. Ayurveda nazariyasi Jahon Soğliqni Saqlaş Taşkiloti tomonidan tan olingan hamda uning inson turmuş tarzidagi ahamiyati alohida belgilangan.

Bugungi kunda tabiiy mahsulotlar nafaqat profilaktik maqsadlarda, balki soğliqni mustahkamlaş va mavjud kasalliklarning oldini olişda qöllanayotgani bois, ayurved mahsulotlarga belgilangan talab darajasi kundan kunga oşib bormoqda. Jumladan, Vasu Healthcare mahsulotlari dunyoning 50 dan ortiq davlatiga eksport qilinib, urologiya, ortopediya, pediatriya, ginekologiya, teri, soç parvarişi va boşqa tarmoqlarda keng qöllanib kelinmoqda. Işlab çiqariş jarayoni hamda mahsulotlar ISO 9001, GMP va HACCP standarti talablariga javob beradi.

Foto: Glamour Cosmetics

Hozirda ikkala kompaniya tomonidan faoliyatni mustahkamlaş va rivojlantiriş borasida salmoqli işlar olib borilmoqda. E'tiborlisi, mahsulotlar aynan bizning hududga mos ravişda işlab çiqarilişi har ikkala kompaniyaning rivojlaniş tendensiyasiga ta'sir qilayotganini kuzatiş mumkin. Jumladan, hamkorlik davomida aynan 2021 yildagi sotuv hajmi 2020 yilga nisbatan 269 foizga oşgani, 2021 yildagi umumiy sotuv hajmi esa hamkorlik boşlangan 2019 yilga nisbatan  652 foizlik ösişni namoyiş etdi.