Kosmetika industriyasi dunyodagi eng tez rivojlanayotgan sohalardan biri. Har yili yuzlab yangi lab böyoqlari işlab çiqariladi. Ular dökonga çiqişidan avval esa sinovdan ötişi şart. Şu yerda maydonga çiqadigan noodatiy kasb — lab böyoği sinovçisi deyiladi.
Lab böyoği sinovçisi kim?
Bu mutaxassisning vazifasi faqatgina labiga böyoq surişdan iborat emas. U har bir mahsulotning turli jihatlarini tekşirişi kerak:
- rangi va yoruğlikda qanday körinişi;
- labni quritiş-quritmasligi;
- çidamliligi — ovqatlanganda, suv içganda, kun davomida qanday saqlanişi;
- hidi va ta’mi;
- turli teri turlarida qanday ta’sir körsatişi.
Dunyoning yirik kosmetik kompaniyalarining barçasida bunday iş örni joriy etilgan. Masalan, L’Oréal, MAC, Maybelline, Revlon kabi yirik brendlarda maxsus “product tester” (mahsulot sinovçisi) lavozimlari bor. Ular laboratoriyada ham, bozorga çiqişdan oldingi marketing tekşiruvlarida ham işlaşadi.
Yevropa va AQŞda lab böyoği sinovçilari oyiga örtaça 2000–4000 dollar atrofida maoş olişadi. Ba’zan brendlar har bir test uçun alohida tölov qiladi. Şuningdek, ular kompaniyaning barça yangi mahsulotlarini birinçilardan bölib sinab köriş imkoniyatiga ega böladilar.
Qiziq faktlar
Dunyodagi maşhur lab böyoği sinovçilaridan biri — L’Oréal kompaniyasi xodimi, u kasbini 25 yildan beri bajaradi va 10 mingdan ortiq turli lab böyoqlarni sinab körgan.
Köplab sinovçilar maxsus diyetalarga amal qiladi: yoğli va öta kaloriyali ovqatlardan tiyilişadi, çunki bu lab böyoq qançalik çidamli ekanligini aniqlaşdi xalal berişi mumkin.
Ayrim laboratoriyalarda sinovçilar bir kunda 20–30 turli böyoqni tekşirişi kerak böladi. Şuning uçun ular lablari uçun tez-tez tozalaş, maxsus namlantiruvçi vositalar işlatişadi.
Yaponiyada esa buning uçun maxsus robot lab modellari yaratilgan. Ular yordamida böyoqning çidamliligi avtomat ravişda tekşiriladi. Biroq odam taassurotini robot hali töliq almaştira olmaydi.
Özbekistonda maxsus “lab böyoği sinovçisi” degan kasb yöq. Ammo bu vazifani köpinça byuti-blogerlar, vizajistlar va kosmetologlar bajaradi. Ular yangi mahsulotlarni sinab körib, ijtimoiy tarmoqlarda öz taassurotlarini baham körişadi.












