Nemsov va Navalniy birga. 10 yil avval Putinga qarşi namoyişlarning eng kattasi ötkazilgandi
|03:24 / 09.12.202150 77424 min
2012 yil Puşkin maydonidagi miting / Foto: Yevgeniy Feldman2012 yil Puşkin maydonidagi miting / Foto: Yevgeniy Feldman
Bundan 10 yil muqaddam Rossiyada SSSR tarqalgandan keyingi eng yirik namoyişlar bölib ötgandi. 2011 yil 4 dekabr kuni Rossiya Davlat dumasiga saylovlar ötkaziladi. Saylovda hukmron «Yagona Rossiya» partiyasi 49 foiz ovoz töplaydi. Ovozlar yoppasiga soxtalaştirilgan deb hisoblagan minglab kişilar köçalarga çiqib, norozilik bildiradi.
Namoyişlarda asosiy norozilik öşa vaqtda boş vazir vazifasida işlayotgan Vladimir Putinga qaratilgandi. Namoyişlar poytaxt Moskvada ham şunçalik avj oladiki, rossiyaliklar Putin çindan ketişi mumkin deb öylay boşlaşadi. Axir namoyişda Putinni hukumat doiralariga olib kirgan Sobçakning qizidan tortib 11 yil Rossiya moliya vaziri bölgan Kudringaça bor edi. Rossiya tarixidagi ikki eng maşhur muxolifatçi Boris Nemsov hamda Aleksey Navalniy namoyişlarda birgalikda iştirok etgandi.
OAVda bu namoyişlarni «Bolotnaya inqilobi» deb ataşadi. Namoyişlar markazi mamlakat poytaxti Moskva böladi. 2011 yil 5 dekabr kuni Çistiy prud maydonida, 10 dekabr kuni Bolotnaya maydonida, 24 dekabr kuni Saxarov prospektida mitinglar ötkaziladi. 2012 yil 6 may kuni «Millionlar marşi» nomini olgan Bolotnaya maydonidagi yuriş namoyişçilarning politsiya bilan töqnaşuvi hamda «Bolotnaya işi» oçilişi bilan tugaydi.
Hukumat faoliyatidan norozi rossiyaliklarga katta umid bergan öşa namoyişlar keyinçalik heç qanday natija bermagan bölsa-da, uning yetakçilari odamlar orasida haqiqat uçun kuraşuvçilar sifatida yodda qoldi.
«Meduza» namoyişlarda faol bölganlarning keyingi taqdiri nima bölganini esladi. Ularning köpçiligi Rossiyani tark etgan. Şuningdek, öldirib ketilgan, zaharlangan va hozirda qamoqda ötirganlar ham bor.
Hali 35 yoşda bölgan Aleksey Navalniy aynan 2011-2012 yillardagi namoyişlar vaqtida rus muxolif harakatining yetakçisiga aylangandi. Çistiy prud maydonida boşlangan 5 dekabrdagi namoyişlarda 10 minggaça odam qatnaşgani aytiladi. Navalniy yiğilganlarga qarata «Biz bormizmi özi?» deb baqirgandi. «Ha» deb javob bergandi odamlar. Jöşqin çiqişlari bilan odamlar mehrini qozongan muxolifatçi aynan öşa kuni qölga olinib, 15 sutka qamoq jazosiga hukm qilinadi. Bu siyosatçining birinçi marta qölga olinişi edi. Keyinçalik Navalniy 15 sutkalik jazoning bir neçtasini boşdan keçirişga ulgurdi va hozirda töliq qamoq jazosini olib, «ötiribdi».
Mavzuga oid
Lenta.ru namoyişlar haqidagi reportajda Navalniyni LiveJournal'da minglab odam öqiydigan bloger deb ta'riflaydi. Keyingi yil Navalniy Moskva meri bölişga harakat qiladi, hatto prezidentlikka ham nomzod bölmoqçi ekanini aytadi. Öz jamoasi bilan Rossiya tarixidagi eng yirik korrupsiyaga oid suriştiruvlarni amalga oşirib, e'lon qiladi. Şuningdek, köp yillar davomida Rossiya hukumati, xususan, Putinga qarşi köplab namoyişlar taşkil etadi, unga nisbatan köplab jinoiy işlar oçiladi.
2020 yil 20 avgust kuni Navalniy samolyotda Tomskdan Moskvaga qaytayotganda «Noviçok» bilan zaharlanadi. Siyosatçi bu iş ortida Putin turganini aytib keladi. Buni rasmiy Moskva rad etgan. Berlindagi «Şarite» klinikasida siyosatçi aynan «Noviçok» bilan zaharlangani ma'lum qilinadi. Koma holatidagi siyosatçini oilasi katta qiyinçilik bilan davolaş uçun Germaniyaga olib boradi. Navalniy öziga kelganidan keyin uni zaharlagani aytilgan guruh vakillaridan biri bölmiş FXX xodimi bilan telefonda gaplaşib, suhbat audiosini e'lon qiladi. Köp ötmay Navalniyning özi «insoniyat tarixidagi eng yirik pora» deb atagan Putinning Gelenjikdagi saroyi haqida suriştiruv e'lon qilinadi. Suriştiruvdan köp ötmay Navalniyga nisbatan «Iv Roşe» işi böyiça ayblov e'lon qilinib, 3,5 yillik sirtdan qamoq jazosi çinakam qamoq jazosiga özgartiriladi. Şundan buyon siyosatçi qamoqda qolmoqda.
2021 yilda Navalniy taşkil etgan korrupsiyaga qarşi kuraş fondi sud tomonidan ekstremistik taşkilot deb topildi. Bunday taşkilot a'zolari esa Rossiya qonunçiligiga köra saylovlarda iştirok eta olmaydi.
Boris Nemsov
Boris Nemsov Bolotnaya maydonidagi mitingda nutq sözlamoqda, 2011 yil 10 dekabr. Foto: Yevgeniy Feldman
SSSR tarqalib ketgandan keyingi Rossiyaning eng maşhur ikki muxolifatçisidan biri Boris Nemsov hisoblanadi. Putinni eng köp tanqid qilgan siyosatçilardan biri bölgan Nemsov öz vaqtida Nijyegorod viloyati gubernatori va boş vazir örinbosari lavozimlarida işlagan. 2000-yillarning ikkinçi yarmida u «Norozilik marşi» va «Strategiya-31» nomli norozilik aksiyalarida iştirok etgan. U Rossiya konstitutsiyasining 31-moddasida belgilangan majlis erkinligi huquqini ta'minlaş uçun köp jon kuydirgan. «Bolotnaya inqilobi»da namoyişlar yetakçilaridan biri bölgan.
2013 yil Nemsov «Parnas» liberal partiyasidan Yaroslav oblasti dumasiga saylanadi. 2014 yilda esa Ukrainadagi Yevromaydonni qöllab, Rossiya Qrimni bosib olişini qoralaydi. 2015 yil 28 fevralga ötar keçasi Boris Nemsovni otib öldirişadi. Bu Rossiya tarixidagi eng şov-şuvli qotillik bölib qolmoqda. Putinning aşaddiy tanqidçisi bölgan, u mamlakatni halokatga yetaklaşini aytib kelgan Nemsov çeçenistonlik bir guruh yollanma qotillar tomonidan otib öldirilişi – Rossiya hukumatiga nisbatan işonçsizlikni yanada oşiradi. Nemsov öldirilgan maydonda har yili 28 fevral kuni uning xotirasi yodga olinadi. Ğarbda köplab xiyobonlar va maydonlar Nemsov nomi bilan atalgan.
Ilya Yaşin
Ilya Yaşin «Teatre.dok»da 15 kunlik haqida sözlab bermoqda, 2011 yil. Foto: Yevgeniy Feldman
2011 yil 5 dekabr kuni Çistiy prud xiyobonidagi namoyişni «Birdamlik» demokratik harakati taşkil etgandi. Uning taşkilotçilaridan biri aynan Yaşin edi. U yiğilganlarga şahar böylab harakatlanişni taklif qiladi. Oqibatda özi va Navalniyning qatorida yana 300 kişi qölga olinadi. Yaşin ham xuddi Navalniy kabi 15 sutka qamoqqa hukm qilinadi. Keyinçalik inson huquqlari böyiça Yevropa sudi bosimi bilan Rossiya ularga 54,5 ming yevrodan tovon puli tölab beradi.
2011-2012 yillardagi norozilik namoyişlarida iştirok etgan Yaşin muxolifatning muvofiqlaştiriş kengaşidan örin oladi. 2017 yilda u hududiy deputatlikka saylanadi va Moskvadagi Krasnoselskiy rayon kengaşini boşqaradi. 2019 yil Moskva şahar dumasi uçun saylovlarda mustaqil nomzodlarni qöyişlarini talab qilib namoyişlar taşkil etadi va evaziga ketma-ket beş marta kiçik muddatli qamoq jazosiga hukm qilinadi. 2021 yilda Krasnoselskiy rayoni rahbarligidan ketib, Moskva şahar dumasi saylovida öz nomzodini körsata olmaydi. Yaşinni «ekstremistik taşkiloti bölgan» Aleksey Navalniyga aloqasi bölgani uçun saylovga qöyişmaydi.
«Men Kseniya Sobçak, mening yöqotadigan narsam bor», degandi Sobçak 2011 yil 24 dekabrda Saxarov prospektida ötgan namoyişda. Sobçak ança mö'tadil va murosa ohangida gapirgani uçun namoyişçilarning huştakbozligiga sabab böladi. Çunki ular sözga çiqqanlardan jöşqin sözlar kutişardi. Sobçak Putinning sobiq xöjayini Anatoliy Sobçakning qizi ekani ham huştaklar bilan kutib olinganiga sabab bölgandir. Şunga qaramay, Sobçak hukumatni muloqotga çorlagani uçun namoyişçilar keyingi gal ham uning iştiroki uçun ovoz berişadi.
«Millionlar marşi» yurişidan keyin Sobçakning uyini ham tintişadi. Teleboşlovçining kvartirasidan 1 million yevro hamda 500 ming dollar çiqadi. Tekşiruvdan keyin pullar qaytib beriladi. Namoyişlar maşhur teleboşlovçi bölgan Sobçakka ham ta'sir qilmay qöymaydi. U televideniyeda çiqiş huquqidan mahrum böladi. TVga 2017 yil – prezidentlikka nomzodini qöyişini e'lon qilgaç qaytadi.
Sobçak saylovlarda qolgan barça nomzodlarga qarşi ekanini iddao qiladi. Uning iştiroki Kreml uçun foydali ekani ham aytiladi. Sobçak prezidentlik saylovlarida 1,7 foiz ovoz töplaydi.
Saylovdan keyin Sobçak tinçgina biznes bilan şuğullanişini ma'lum qiladi va YouTube’da «Ehtiyot böling: Sobçak» nomli kanal oçadi. Hozirda uning kanalini 2,5 milliondan ortiq öquvçi kuzatib boradi.
Eduard Limonov
Eduard Limonov Oliy sudda, 2011 yil. Foto: Denis Sinyakov / Reuters / Scanpix / LETA
2011 yil 6 dekabr kuni Triumfalnaya maydonida Limonov hamda Nemsov birgalikda qölga olinadi, ammo ikki hafta ötib Limonov Nemsovni namoyişlar tarqoq va samarasiz ötişida ayblaydi. Uning fikriça, norozilik aksiyalari avvaliga Inqilob maydonida ötişi kerak bölgan, lekin ba'zi taşkilotçilarning Moskva meriyasi bilan kelişuvi sabab Bolotnaya maydoniga köçirilgan. Inqilob maydonida esa faqat Limonov va tarafdorlari qoladi.
Limonovning fikriça, 10 dekabr kuni namoyişlar Inqilob maydonida ötganida, maqsadga erişiş osonroq bölgan bölardi, çunki bu maydon Davlat dumasi va Markaziy saylov komissiyasiga yaqin joyda joylaşgan. «Tasavvur qilyapsizmi, Nemsov hammaning nomidan rozilik berib, odamlarni şahar markazidan olib ketadi. Buni ahmoqlik, hatto sotqinlik deyiş ham mumkin», degandi Limonov.
2012 yilda ommaviy namoyişlardan umid yöq deb öylagan Limonov «Boşqaça Rossiya» nomli öz partiyasini tuzişga qaror qiladi, ammo partiya tuzilmay qolib ketdi. 2014 yil kutilmaganda Limonovning qaraşlari Kremlniki bilan bir xil bölib qoladi. U Rossiya Qrimni bosib olganini olqişlaydi. Keyinroq kremlparast naşrlarda «Navalniyni mahv etişdi», «Ukrainadagi til genotsidi» va «Amerika qulaşi» nomli maqolalar çiqaradi.
2020 yil 17 mart kuni Limonov vafot etdi. Uning «Qariya sayrga çiqdi» nomli oxirgi kitobi ölimidan köp ötmay çop etiladi.
Sergey Udalsov
Sergey Udalsov sudda, 2011 yil. Foto: Max Avdeev
«Sölçilar fronti» harakati yetakçisi Sergey Udalsov 2011 yil qişidagi namoyişlardan avval sölçilar harakatidan ança yiroqda edi. U «Millionlar marşi» namoyişining asosiy taşkilotçilaridan biri böladi. Bu haqda NTVda «Namoyişlar anatomiyasi-2» nomli film ham işlaşgandi. Filmda aytilişiça, Udalsovning harakatlarini «rangli inqilob böyiça konstruktor» gruziyalik Givi Targamadze boşqarib turgan.
Namoyişlar taşkilotçisi sifatida Udalsov 4,5 yilga ozodlikdan mahrum etiladi. Qamoqdan çiqqaç matbuot anjumanida qatnaşgan Udalsov Qrimning Rossiyaga qöşilişi va Donbassdagi ayirmaçilar harakatini qöllaydi. Öz navbatida, Udalsov Putinning 2018 yildagi saylovda ğalabasi, pensiya islohoti va siyosiy repressiyaga qarşi kuraş uçun norozilikka çiqişga çorlaydi. Yevropa sudi qamoqda köp marta oçlik e'lon qilgan siyosatçi foydasiga 9 ming yevro tovon puli tölanişi borasida inson huquqlari böyiça qaror çiqaradi.
2021 yil Udalsovni Rossiya kommunistik partiyasi namoyişiga çiqqani uçun qölga olişadi. Namoyiş saylov natijalariga qarşi ötkazilgandi. Bu saylovlarda Udalsovning xotini Anastasiya ham qatnaşadi. U saylov natijasiga köra hukmron partiya bölmiş «Yagona Rossiya» nomzodini mağlub etgani, ammo elektron ovoz beriş natijalari hisoblangaç imkoniyatni boy bergani iddao qilingandi.
Ota-bola Gudkovlarning talablari hammani hayratga soladi. Ular saylov natijalariga köra deputatlik mandatiga ega bölganiga qaramay, ovozlarni qayta sanab çiqişni talab qilişadi. Gennadiy Gudkov «Adolatli Rossiya» partiyasi rahbarining örinbosari ham edi. Oqibatda 2012 yilda u deputatlikdan ozod qilinadi. Sabab sifatida noqonuniy tadbirkorlik bilan şuğullangani keltiriladi. Ammo bu holat böyiça jinoiy iş oçilmaydi.
2013 yilda kiçik Gudkov ham deputatlikdan ketadi. Uni otasi bilan birga muxolifatning muvaqqat kengaşiga kirgani uçun «Adolatli Rossiya» partiyasi a'zoligidan çiqarişadi. U Qrim böyiça ovoz beriş jarayonida qatnaşmagan, şuningdek, rossiyalik yetimlarni xorijliklar boqib olişini taqiqlovçi qonunga qarşi çiqqan. 2016 yilgi Davlat dumasi tarkibida Gudkov yöq edi. Uni Rossiya parlamentidagi eng oxirgi mustaqil deputat deb ham ataşadi.
2018 yil kiçik Gudkov Kseniya Sobçak bilan birga «Fuqarolik taşabbusi» bazasida özgarişlar partiyasi tuzişini e'lon qiladi. Sobçak öşa partiyadan prezidentlikka öz nomzodini ilgari suradi. Ammo köp ötmay «Fuqarolik taşabbusi» partiyani qayta röyxatdan ötkazmaydi. 2021 yil kiçik Gudkov jinoiy iş sabab Rossiyani tark etdi. Uning otasi 2019 yilda mamlakatdan çiqib ketgandi.
Ilya Ponomaryov
Ilya Ponomaryov Sergey Udalsov ustidan sud jarayonida, 2011 yil. Foto: Max Avdeev
2011 yilgi mitinglar boşlanişidan avval Ilya Ponomaryov YuKOS va «Skolkovo» innovatsion markazida işlaşga, Davlat dumasiga «Adolatli Rossiya»dan ikki marta saylanişga, «Sölçilar frontiga» a'zo bölişga ham ulgurgan. Ponomaryov namoyişlarga öşa vaqtdagi prezident administratsiyasi rahbari örinbosari bölgan Vladislav Surkov bilan gaplaşib qatnaşadi. Aynan Surkov uni «Skolkovo»ga işga joylab qöygandi. Oxir-oqibat Panomaryov namoyişlarning eng faol iştirokçilaridan biriga aylanadi. Garçi u ham Limonov kabi 10 dekabrdan keyin namoyişlar samarasiga şubha qila boşlagan bölsa-da.
2013 yil bahorida Surkov qisqa muddat işdan ketişidan biroz avval Ponomaryov jinoiy iş figurantiga aylanib qoladi. U «Skolkovo» davlat innovatsion markazidan pullarni özlaştirişda ayblanadi. Biroz ötib Ponomaryov şaxsan Putin bilan uçraşişga muvaffaq böladi va şundan keyin uni bir muddat tinç qöyişadi. 2014 yil mart oyida Ponomaryov Davlat dumasida Qrim Rossiyaga qöşilişiga qarşi ovoz bergan yagona deputat böladi. Şu sabab unga oçiqçasiga mamlakatdan ketiş taklif qilinadi. Ilya Ponomaryov AQŞga ketib, qaytmaslikka qaror qiladi.
Avvaliga u AQŞ kompaniyasida texnologiya sohasida konsultant bölib işlaydi. Keyinçalik Ukrainada Qora dengiz şelfini qayta işlovçi Trident Acquisitions neft kompaniyasiga asos soladi. Biroq sobiq deputatga neft magnatiga aylaniş nasib qilmaydi. Ayni damda Kiyevda yaşayotgan Ponomaryov Ukraina fuqaroligini qabul qilgan.
Vladimir Tor
Vladimir Tor Puşkin maydonidagi mitingda, 2012 yil 5 mart. Foto: Scanpix / LETA
Asl ismi Vladlen Kralin bölgan Tor «Rus marşi» taşkilotçilaridan biri. U millatçilar vakili edi. Millatçilar liberallar, sölçilar va anarxistlar bilan fikriy qarama-qarşilikka qaramay, 2011 yil dekabridagi namoyişlarda ular bilan birga qatnaşişadi. 2012 yil kuzida Tor bilan birga yana bir qator millatçilar muxolifatning muvaffaq kengaşiga kiradi.
Tor rahbariyati tarkibida bölişi kutilgan Milliy-demokratik partiya oçilmay qoladi. VVS millatçilar orasida maşhur bölgan Tor maşhurligidan foydalanişi mumkinligini tusmollagandi. Ammo vaqt ötib Tor ijtimoiy faol hayotda körinmay ketdi.
Yevgeniya Çirikova
Yevgeniya Çirikova, 2011 yil. Foto: Max Avdeev
«Nemsov va Çirikova odamlarni bizning yonimizdan olib ketişdi. Biz ularga qarab karnaylarda baqirardik, ular esa xafa bölib ğöldiraşdi, xolos. Axir biz odamlarni Lyubyankaga – markazga töplaşimiz, ular muzokara uçun çiqişi va biz öz şartlarimizni aytişimiz kerak edi-ku?» degandi Yevgeniya Çirikova haqida yozuvçi Zaxar Prilepin.
Yevgeniya Çirikova 2011 yil Moskva – Sankt-Peterburg trassasi Ximkidagi örmondan ötişiga qarşi namoyişga çiqqan aktivistlar yetakçisi sifatida tanilgandi. Yevgeniya öz hammaslaklari bilan birga Moskvada 5 ming kişilik miting-konsert taşkil qiladi. Keyinroq öşa vaqtda AQŞ vitse-prezidenti bölgan Jo Bayden bilan uçraşadi. Bölajak Amerika prezidenti unga jasorati uçun maxsus mukofot topşiradi.
2012 yil Çirikova Ximki merligi uçun saylovlarda iştirok etib mağlub böladi. Şuningdek, Ximki örmonidan ötadigan trassa qurilişiga ham qarşilik qila olmaydi, 2015 yilda örmon orqali ötgan pulli yöl oçiladi. Hukumat tazyiqidan qörqqan Çirikova oilasi bilan birga Estoniyaga ketib qoladi. U yerda ham Yevgeniya ijtimoiy faoliyat va ekologik loyihalar bilan şuğullanadi.
2000-2011 yillarda Rossiya moliya vaziri bölgan Kudrin 11 yil içida boş vazir örinbosari lavozimida ham işlagan. Davlat dumasi saylovlariga bir neça oy qolganida mamlakat prezidenti Dmitriy Medvedev bilan kelişmay qolgan Kudrin iste'foga çiqadi. Kudrin budjet taqsimoti böyiça prezident bilan kelişmay qolgandi.
2011 yil 24 dekabrda Saxarov prospektida ötgan mitinglarda namoyişlarga qöşiladi. U odamlar oldida çiqiş qilib saylov natijalaridan qoniqmagani, Markaziy saylov komissiyasi rahbari Vladimir Çurov iste'foga çiqişi kerakligini aytadi. Uzoq vaqt hukumatda işlagan Kudrinning çiqişini ba'zi odamlar huştakbozlik bilan kutib olişadi. Millatçilar vakili Vladimir Tor esa «Putin hukumati vakili bölgan Kudrindan keyin sözga çiqqanim uçun keçirasiz», degandi.
Kudrin oxir-oqibat muxolifat yetakçilari safiga kirmaydi. Uni hukumat va namoyişçilar örtasidagi vositaçi deb qabul qilişadi. Kudrin Saxarov prospektidagi namoyişlardan oldin va keyin Putin bilan uçraşganini tan oladi. Şuningdek, u Putin 2012 yilgi saylovlarda iştirok etişi kerak yoki yöqligi haqidagi savolga javob bermaydi. Şunday bölsa-da, Kudrin Putinning atrofidagi unga qarşi namoyişlarda iştirok etgan yagona inson bölib qolgandi.
2011 yil sobiq boş vazir örinbosari Kudrin Twitter’da akkaunt oçadi, öz saytini taşkil qilib, «Exo Moskva» naşrida blog yurita boşlaydi. U öşa vaqtda partiya tuziş istagi haqida gapira boşlagandi. 2018 yil hukumatga qaytgan Kudrin hisob palatasi rahbari böladi. U hamon hukumatdagi Putin bilan norasmiy yaqin munosabatlarda bölgan liberal siyosatçi sifatida qaraladi.
Sergey Parxomenko
Sergey Parxomenko «Bolşoy gorod» jurnali tahririyatida 24 dekabr kungi miting taşkiliy qömitasi yiğilişi vaqtida, 2011 yil.
Foto: Scanpix / LETA
«Dunyo böylab» naşri rahbari bölgan Parxomenko namoyişlarni moliyalaştiriş ğoyasini öylab topgani bilan yodda qolgandi. Şuningdek, u şahar meriyasi bilan muzokara ötkazgan namoyişçilardan biri edi. Muxolifat muvaqqat kengaşiga kirgan Parxomenko «Saylovçilar ligasi» va «Halol saylov uçun» guruhlari taşkiliy qömitasi tarkibiga ham kiradi.
Keyinçalik Parxomenko «Dissertant» taşkiloti asosçilaridan biriga aylanadi. Bu guruh hukumat a'zolarining ilmiy işlaridagi boşqa yerdan köçirilgan joylarini aniqlaş bilan şuğullanadi. Ular sobiq madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy va Sankt-Peterburg rahbari Aleksandr Beglovning ilmiy işlarida plagiat borligini aniqlaydi. Parxomenko Stalin davridagi qatağon qurbonlari xotirasiga «Oxirgi manzil» loyihasini işga tuşiradi. Şuningdek, Rossiyada mustaqil jurnalistlar uçun beriladigan «Redkollegiya» mukofoti ta'sisçilaridan biri böladi.
Violetta Volkova hamda Nikolay Polozov
Violetta Volkova (orqa planda) va Nikolay Polozov Moskvadagi Xamovniçeskiy rayon sudida, 2012 yil. Foto: Sergey Karpov / TASS
Violetta Volkova hamda Nikolay Polozov 2011 yil qişidagi norozilik aksiyalarida namoyişçilarni himoya qilgandi. Volkova namoyişlarda «navbatçilik qilib» qölga olinganlarni himoya qiliş bilan şuğullanib yurganda Twitter orqali Polozov bilan tanişib qoladi va uni öz yoniga çaqiradi. Çistiy prud xiyobonida 300 kişini qölga olişadi. Ikki advokat esa ularni qöyib yuborişlarini talab qilib himoyaga otlanadi.
2012 yil advokatlar çerkovda prank qilgan va keyinçalik ikki yilga qamalgan Pussy Riot guruhi qöşiqçilarini himoya qiladi. Keyinroq Volkov ukrainalik harbiy uçuvçi Nedejda Savçenkoni himoya qiladi. Şuningdek, Rossiyada ekstremistik taşkilot deb e'lon qilingan qrim-tatarlar majlisi iştirokçilarini ham himoya qiladi. Polozov hozirda Rossiyada ham, Ukrainada ham faoliyat yuritmoqda.
Volkova esa «Bolotnaya işi»dagi figurantlar Udalsov va Leonid Razvozjayevga advokatlik qilgan. 2017 yil kremlparast Igor Beketovga ham advokatlik qiladi. Beketov ustidan «Öq parvozi» filmi namoyişini töxtatib qöygani uçun ma'muriy iş oçilgandi. Advokat Volkova Aleksey Navalniyni 2018 yilgi prezidentlik saylovlariga pul yiğgani uçun ayblab, uning göyoki yaşirin buxgalteriya orqali yiğgan noqonuniy pullari haqida körsatuv tayyorlaydi.
Yozuvçi 2011 yil qişidagi namoyişlarda plakat kötarib maşhur bölgandi. Unda şunday sözlar yozilgandi: «Kemani çayqatmang, kalamuşimizning köngli ayniyapti». Bu yerda kalamuş deb Vladimir Putin nazarda tutilgani aytiladi. Keyinçalik bu yozuv köplab memlarga sabab böldi va ularning aksarida Putin tasvirlangan. Bikov «Şoir va fuqaro» loyihasida Medvedev — Putin tandemi haqida satirik şe'r ham yozgan.
Bikov muxolifatning muvaqqat kengaşi safidan örin oladi. 2019 yil Bikov Yekaterinburgdan Ufaga uçayotganda samolyotda özini yomon his qiladi. Kasalxonada uni sun'iy komaga tuşirişadi. 5 yildan keyin esa Bellingcat va The Insider suriştiruv e'lon qilib, Bikovni ham Navalniyni zaharlaşda qatnaşgan guruh zaharlaganini ma'lum qiladi.
Boris Akunin
Boris Akunin Saxarov prospektidagi mitingda, 2011 yil 24 dekabr. Foto: Mitya Aleşkovskiy / TASS
Yozuvçi Boris Anunin 2011 yil 4 dekabr kuni kitob yoziş uçun La Manş sohilidagi uyiga ketgandi. Ammo Moskvada namoyişlar avj olgaç, ortga qaytib 10 dekabr kuni Bolotnaya maydonidagi namoyişda iştirok etadi. Keyinroq Saxarov prospektida nutq sözlaydi.
Akunin 2012 yil Lenta.ru bilan suhbatda 2011 yil qişidagi namoyişlar Putinning butun umr Rossiyani boşqarişi mavzusini kun tartibidan butkul olib taşlaganini aytgandi. «Voqealar qanday rivojlansa ham bu iş (Putin Rossiyani butun umr boşqarişi) endi bölmaydi», degandi yozuvçi.
Namoyişlardan keyin yana 2,5 yil Rossiyada yaşagan yozuvçi Yevropaga ketib qoladi. Uning aytişiça, ketişiga Qrimning bosib olinişi Donbassdagi voqealar, Malayziya samolyoti urib tuşirilişi va şularga qaramay Putinning reytingi kötarilib ketayotgani sabab bölgan.
«Hayotning bu lahzasida ozçilik safida ekanimni his qildim. 2011-2013 yillardagi demokratik harakatlar vaqtida yurtimni töğri tuşunyapman deb öylagandim, ammo yurtimni, undagi voqealarni notöğri tuşunganimni anglab yetdim. Hammasi töğri ketyapti deb öylay boşlagan vaqtim aslida bunday emasligini kördi. Hammasini yovuz Putinga boğlaş ham notöğridek körinib qoldi. [Millatning] iç-içida nimalardir tuşunarsiz tarzda sodir bölayotgandi», degandi u.
Xorijda Akunin 9 tomli «Rossiya davlati tarixi» asarini yozib tugatadi. Yozuvçi bu asari zamonaviy Rossiya tarixini tuşuniş uçun yaxşi manba ekanini aytadi.