Boş prokuratura matbuot xizmati tizimda boşlangan tadbirlar doirasida yana bir xodim korrupsiyaga qöl urgani aniqlangani haqida ma'lumot berdi.
«Boş prokuratura tomonidan tizimda korrupsiyaga qarşi kuraşişni keskin kuçaytiriş, salbiy holatlarni tezkorlik bilan aniqlaşga qaratilgan tadbirlar doirasida Şaxsiy xavfsizlik boşqarmasida 71-202-08-28 raqamli işonç telefoni taşkil etildi va Internet ijtimoiy tarmoqlari orqali keng jamoatçilikka ma'lum qilindi.
Natijada olingan ma'lumotlarga asosan, Şaxsiy xavfsizlik boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tadbirda Boş prokuratura boşqarma boşliği örinbosari lavozimida işlagan Ş.V. qarindoşi Ş.N. orqali uning tanişi A.K.ning işonçiga kirib, unga nisbatan Buxoro viloyati prokuraturasi iş yurituvidagi jinoyat işini tanişlari orqali tugatib berişni va'da berib, 27 noyabr kuni fuqaro A.K.dan 3.000 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Boş prokuratura tomonidan 7 dekabr kuni Ş.V.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi (Firibgarlik), 28, 211-moddasi 1-qismi (Pora beriş) hamda Ş.N.ga Jinoyat kodeksining 212-moddasi 1-qismi (Pora oliş-berişda vositaçilik qiliş) bilan jinoyat işi qözğatildi», deyiladi xabarda.
Gumonlanuvçi Ş.V. protsessual tartibda uşlangan.
Bu boradagi işlar davom ettirilayotgani qayd etilgan.
Bundan oldinroq, Boş prokuratura boşqarma boşliği örinbosari 29 ming dollar bilan uşlangani xabar qilingandi.
Şundan söng Boş prokuratura jamoatçilikka murojaat qilib, har bir fuqaroni jamiyatda, xususan, prokuratura organlarida korrupsiyani tag-tomiri bilan bartaraf etişda faol hamkorlikka çaqirgandi.










