8 dekabr kuni Denov tumani hokimligida taşkil etilgan matbuot anjumanida hukumat komissiyasi a'zosi – FVV Davlat yonğin nazoratini taşkil etiş boşqarmasi boşliği Ölmas Muzaffarov hodisa oqibatida “Indenim” savdo majmuasi joylaşgan binoning asosiy yuk kötaruvçi vertikal konstruksiyalari joyida turgani, faqatgina tösuvçi devorlariga ziyon yetganini ta'kidlagandi.

“Savdo markazining ikki qavatli binosi ham seysmik, ham yonğin xavfsizligi nuqtayi nazardan mustahkam qilib qurilgan. Gaz va havo çaqnaşidan söng ham uning asosiy yuk kötaruvçi vertikal konstruksiyalari joyida turibdi, tösuvçi devorlariga ziyon yetgan.

Ayni paytda hodisa joyida işçi guruh tomonidan viloyat hokimligining kömagida çaqnaş natijasida yaroqsiz holga kelgan quriliş konstruksiyalari çiqarib taşlanmoqda. Bu işlarga asosan FVVdan, içki işlar organlaridan, Milliy gvardiya va boşqa tegişli xizmatlardan harbiy xizmatçilar va qutqaruvçilar jalb etilgan”, deb aytgan Ölmas Muzaffarov.

Biroq matbuot anjumanida mas'ullar savdo markazi qisqa fursat içida buzib taşlanişi kutilayotgani haqida lom-mim demagan.

Kun.uz muxbiri tomonidan voqea joyidan yuborilgan video hamda suratlarda binoni buziş işlari 9 dekabr kuni boşlangani, 10 dekabrga kelib bino butkul buzib taşlanganini köriş mumkin.

Şuningdek, suratlarda savdo markazida sodir bölgan portlaş yon-atrofdagi binolar, ijtimoiy soha obektlari va aholi turar joylariga qançalik zarar yetkazganini köriş mumkin.