Minsk aeroportining Polşaga qoçgan aviadispetçeri 23 may kuni Ryanair aviakompaniyasi samolyotining aeroportga majburan qöndirilişi böyiça körsatmalar berdi. Uning ta'kidlaşiça, samolyotni qöndiriş vaqtida aeroportning dispetçerlar xonasida Belarus davlat xavfsizlik qömitasi zobiti bölgan. Bu haqda Yevropa maxsus xizmatlari vakillariga tayanib The New York Times naşri xabar berdi.
Polşa milliy xavfsizlik departamenti boşliği Stanislav Zarinning ma'lum qilişiça, polşalik tergovçilar öşa voqealarning bevosita guvohidan körsatma olişga muvaffaq bölişdi. Uşbu körsatmalarga köra, samolyotni qöndiriş vaqtida dispetçerlar xonasida maxsus xizmat zobiti bölgan va u “hal qiluvçi lahzada dispetçerlik xizmatini öz nazoratiga olgan”. Zobit bortida belaruslik muxolifatçi bloger Roman Protaseviç bölgan samolyotni “uşlaş” mobaynida telefon orqali kimdir bilan gaplaşgan va unga yuz berayotgan voqealar haqida hisobot bergan.
NYT manbalarining ta'kidlaşiça, Polşaga qoçgan aviadispetçerning ismi Oleg Galegov bölib, u Ryanair samolyoti bilan yuz bergan voqea vaqtida uçuvçiga samolyot bortida bomba borligini va xavfsizlik nuqtayi nazaridan uning Vilnyusga parvozini töxtatib, Minskka qöndiriş kerakligini ma'lum qilgan.
Naşrning ta'kidlaşiça, aviadispetçerning körsatmalari Polşa prokuraturasiga samolyot bilan yuz bergan voqea yuzasidan Belarus rasmiy şaxslariga qarşi ayblov tayyorlaşda yordam beradi. Gap şundaki, Minskka qöndirilgan Boeing-737 samolyoti Polşada röyxatdan ötkazilgan bölgan va Ryanair irland aviakompaniyasining Polşadagi filiali tomonidan foydalanilgan.
Iyulda Belarusning “Naşa Niva” naşri iyun oyida Oleg Galegov ta'tilga çiqqani va şundan keyin uni heç kim körmaganini ma'lum qilgan. Ta'kidlanişiça, “Belaeronavigatsiya” korxonasi öz xodimini izlaşga tuşgan, biroq bu urinişlar samara bermagan. Şuningdek, aviadispetçer ğoyib bölgandan keyin ijtimoiy tarmoqlardagi barça sahifalarini öçirib taşlagan.
2021 yil 23 mayda Afinadan Vilnyusga uçgan Boeing 737 samolyoti bortida bomba borligi haqidagi ogohlantirişdan keyin Minskka qöndirilgan. Samolyotda belaruslik bloger Roman Protaseviç va unga hamrohlik qilgan rossiyalik Sofya Sapega bölgan. Ularning ikkisi ham hibsga olingan.
Ğarb davlatlarining ta'kidlaşiça, samolyot bilan yuz bergan voqea blogerni hibsga oliş uçun ataylab Belarus maxsus xizmatlari tomonidan uyuştirilgan. Biroq Belarus bu ayblovlarni rad etib kelmoqda.












