Karlsenning uşbu ğalabasidan keyin umumiy hisob 7,5:3,5 körinişini oldi. Şu tariqa, 31 yoşli amaldagi jahon çempioni öz unvonini törtinçi marta himoyalay oldi. U 2013 yildan beri şaxmat qiroli tojini özida saqlab kelmoqda.
Çempionlik uçun uçraşuv Dubayda 26 noyabrda boşlangandi. Grossmeysterlar örtasidagi dastlabki beşta hamda 7- va 10-partiyalar durang natija bilan yakunlangandi, 6-, 8- va 9-partiyalarda Karlsenning qöli baland kelgandi.
Dastlab uçraşuv 14 ta partiyadan yoki iştirokçilardan biri 7,5 oçko yiğgunça davom etişi rejalaştirilgandi. 14 ta partiya öynalgandan keyin durang hisob qayd qilinsa, unda tay-breyk ötkazilişi közda tutilgan. Biroq iş bungaça bormadi.
Karlsen 16-jahon çempioni hisoblanadi. 2013 yilda u amaldagi çempion bilan kuraş olib borişga da'vogarlar turnirida ğalaba qozonib, şu yilning özida çempionlik unvoni uçun bahsda öşa vaqtdagi “şaxmat qiroli” hindistonlik Vişvanatan Anandni doğda qoldirgandi.
2014 yilda Karlsen çempionlik bahsida yana Ananddan qöli baland kelgan, 2016 yilda esa rossiyalik Sergey Karyakinni mağlub etgan. 2018 yilda norvegiyalikka amerikalik Fabiano Karuananing ham “tişi ötmagan”.
Karlsen Xalqaro şaxmat federatsiyasi reytingida 1-örinni, uning tengquri bölgan Nepomnyaşiy esa 5-örinni egallamoqda.












