Özbekiston mulklarni sud qarorisiz va adolatli tovon pulisiz musodara qiliş böyiça reytingda eng yomon natijalardan birini qayd etgan. Bu haqda 10 dekabr kuni prezident farmoniga zid ravişda jonli efirga uzatilmasdan ötkazilgan Oliy Majlis Qonunçilik palatasining yiğilişida aytib ötilgan.
Yiğilişda deputatlarga Jahon odil sudlov loyihasi xalqaro nohukumat taşkiloti tomonidan yuritiladigan “Huquq ustuvorligi” indeksiga doir ma'lumotlar taqdim qilingan. Bu haqda Rasul Kuşerbayev ma'lum qildi.
Uşbu indeksdagi “Qonunlarga rioya qiliş” indikatorining “Hukumat sud qarorisiz va adolatli tovon pulisiz mulkni musodara qilmasligi” subindikatorida (2021 yil hisobotida) Özbekiston maksimal 1 balldan 0.25 ball bilan 139 ta mamlakat içida 138-örinni egallagan.
“Pozor! Xususiy mulk daxlsizligi böyiça xalqaro hamjamiyatda Özbekistonning mana şu kulgili ahvolga tuşişiga hissa qöşgan barça amaldorlarga “rahmat!” deb yozdi Oliy Majlis deputati.
Ma'lumot uçun, keça bölib ötgan yalpi majlisda deputatlar “Yer uçastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyiş tartib-taomillari töğrisida”gi qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qildi.
Qonunçilik palatasi va Milliy teleradiokompaniya 1 dekabrdan kuçga kirgan prezident farmonini pisand qilmasdan yalpi majlisni jonli efirga uzatmasdan kelmoqda.












