SSSR tarqalişining sabablari bir neçta, ulardan biri – hukumat olib borgan iqtisodiy siyosat, dedi Qozoğistonning birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyev «Rossiya 24» kanali efirida.
«Sotsialistik, totalitar, ma'muriy iqtisodiyot öz resurslarini tugatib bölgandi. Iqtisodiy blok rahbariyati buni vaqtida sezişi va iqtisodiyotni boşqarişda özgarişlar qilişi kerak edi, ammo bunday qilinmadi. Barça resurslar tugab bordi, biz birinçi navbatda iqtisodiy tanazzulga yaqinlaşdik», — dedi u.
Nazarboyevning sözlariga köra, SSSRning sönggi kunlarida kelib, «qayta quriş va demokratlaştirişni e'lon qilgan yangi rahbariyat yetarliça irodaga ega emasdi».
«Söngra obektiv omillar – esingizdami, Vilnyusda, Boltiqböyida kötarilişlar boşlandi», — dedi Nazarboyev 1991 yilda Litva mustaqillik e'lon qilganidan söng Vilnyusda harbiylar va xalq örtasidagi töqnaşuvlarni nazarda tutib.
«Va sovet ittifoqi rahbariyatidan heç kim, jumladan, SSSR prezidenti Mixail Gorbaçyov ham u yerda nima bölganini tuşuntirmadi», — deya qöşimça qildi Qozoğistonning sobiq prezidenti.
Uning fikriça, bu Boltiqböyi respublikalarining ittifoqdan yuz ögirişiga sabab böldi.
Nihoyat, Nazarboyevning sözlariga köra, RSFSRning davlat suvereniteti töğrisidagi deklaratsiyani qabul qilişi «barçaga mustaqillik e'lon qilişi mumkinligi borasida signal bölgan».
«Barça omillar SSSR yöq bölişiga olib keldi», — dedi u.












