FLTAL-2021 konferensiyasi “Özgarişlar va transformatsiyalar-çet tillarni örganiş çorrahasida madaniyatlararo ta'lim” mavzusida nazariy va amaliyot örtasidagi aloqalarni rivojlantiriş hamda tadqiqot natijalarini amaliyotda qöllaş böyiça turli nuqtai nazarlarni örganiş uçun tadqiqot jamoalarini jalb qilişga möljallangan.

Foto: Buxoro davlat universiteti
Foto: Buxoro davlat universiteti

Ta'kidlanişiça, taşkilotçilar Buxoro davlat universiteti, Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti, Qatar va Birmingem universitetlarida ötkazilgan anjumanning jahon talablari darajasida bölişini ta'minlaşga erişganlar. Şuningdek, konferensiyada  faol qatnaşgan talabalar örtasida «Eng yaxşi maqola» nominatsiyasi böyiça taqdirlaş marosimi ham ötkazildi.

Foto: Buxoro davlat universiteti

Ma'lumot uçun, professor Azamat Akbarov asos solgan FLTAL (Foreign Language Teaching and Applied Linguistics) anjumani butun dunyodagi barça darajalarda til va tilşunoslikni öqitişga qiziqqan tadqiqotçilar, amaliyotçilar va öqituvçilarni birlaştirişga möljallangan. Uşbu konferensiya 2011-2016 yillarda Yevropa mamlakatlarida, 2017-2018 yillar Qozoğistonda, 2019 yil Rossiya hamda 2020 yil Samarqandda ötkazilgandi.