Bennet va Ol Nahayon Isroil va BAA örtasidagi munosabatlar, Eron bilan boğliq vaziyat, ikki davlat örtasida barqarorlik va farovonlikni mustahkamlaşga turtki beradigan iqtisodiy va mintaqaviy masalalarni muhokama qiliş uçun uçraşadi.
2020 yil avgustda Isroil va BAA AQŞ vositaçiligida munosabatlarni yaxşilaş haqidagi kelişuvni imzolagandi. Unga köra, özaro elçixonalarni oçişga qaror qilingan, ikki davlat örtasida aviaaloqa örnatilgan, sayyohlik safarlari uyuştirila boşlangan.
Bungaça arab davlatlaridan faqatgina Misr va Iordaniya Isroil bilan diplomatik aloqalarga ega bölgan.












