14 dekabr kuni kunduzi Toşkent şahri Sergeli tumanidagi «Döstlik-1» dahasida 47-yönaliş böyiça harakatlangan Mercedes-Benz rusumli yölovçi avtobus yonib ketdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

«14 dekabr kuni soat 15:21da Toşkent şahar Sergeli tumani «Döstlik-1» dahasida 47-yönaliş böyiça harakatlanayotgan Mercedes rusumli avtobusda yonğin sodir bölgani töğrisida tuman FVBga xabar kelib tuşgan.

Şunga köra, 2 ta yonğin-qutqaruv ekipaji soat 15:25 da voqea joyiga yetib borib, yonğin soat 15:34 da öçirilgan. Yonğin oqibatida avtobusning orqa salon qismi yonib, zararlangan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bölganlar yöq», deyiladi xabarda.

Hozirda mutaxassislar tomonidan yonğin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.