Ma’lumotlarga köra, marosim 2024 yil 26 iyulda Parijni kesib ötuvçi Sena daryosida bölib ötadi. Taşkilotçilar unga 600 ming tomoşabin taşrif buyurişini kutişmoqda. Ular marosim oçilişini köpriklar va sohildan kuzatişlari mumkin böladi. Şuningdek, daryoning ikkala qirğoğida 80ta katta ekran örnatiş rejalaştirilgan.
200dan köproq davlat sportçilari va rasmiy şaxslari Parij markazidagi Pon-d'Austerlits va Pon-d'Iyena köpriklari örtasidagi 6 kmlik masofani 160dan köproq qayiqda suzib ötişadi. Olimpiadaning yopiliş marosimini esa Trokadero maydonida ötkaziş rejalaştirilmoqda.
Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parij Olimpiadasining oçiliş marosimini Senada ötkaziş ğoyasini qöllab-quvvatlagan.
Olimpiadaga 10 mingdan köproq sportçilar kelişi kutilmoqda. Öyinlar 2024 yil 26 iyuldan 11 avgustgaça bölib ötadi.












