Xizmat körsatişni takomillaştiriş böyiça videoselektor çoğida prezident rahbarlar e’tiborini yaqinda Surxondaryo viloyati Denov tumanida sodir bölgan hodisaga qaratdi.

«Denovda bölgan noxuş voqea hammaning közini oçişi kerak. Har bir hokim, prokuror, içki işlar, milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar va quriliş, sanoat xavfsizligi boşqarmalari rahbarlari öz hududida yonğin xavfsizligini ta’minlaş, texnik standartlarga amalga qiliş, pala-partiş qurilişlarga yöl qöymaslik, yerosti tarmoqlar hisobini yuritiş ustidan qat’iy nazorat tizimini örnatişi şart.

Hammasi qonun bilan hal qilinsin. Xudo saqladi, qança odam nobud bölişi mumkin edi. Agar bu kunduzi bölganda nima bölardi?» deya Şavkat Mirziyoyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Davlat rahbari bölib ötgan hodisa böyiça batafsil ma’lumotlarni e’lon qiliş böyiça topşiriq berdi.

«Televizor orqali hammasini tuşuntiringlar, Denovda şunday holat böldi, deb aytinglar. Yaşiradigan Özbekiston emas hozir. Şu ikki odam ölimi bizga sinov böldi. Endi har bir viloyat hokimi şaxsan özi bunday hodisalarning oldini oliş böyiça mas’uliyatni zimmasiga oladi. Endi bunday hodisa qaytarilmasligi lozim, oldinda qiş, ehtiyotkorlik zarur», dedi prezident.

Viloyat hokimi Töra Bobolov hodisa gaz tufayli kelib çiqqanini aytdi.

«Gazçilar e’tiborsizlik qilib, past bosimli trubalar orqali örta bosimni ulab yuborişgan. Gaz sizib çiqib şunday holat yuzaga keldi. Hozir hodisa prokuratura tomonidan jiddiy örganilyapti», dedi hokim.

Prezident bunga yöl qöygan gaz ta’minoti xodimlari rahbarlari bilan birga tergov va suriştiruvlar natijasiga köra javobgarlikka tortilişini ta’kidladi va boş vazirga bir oy muddatda gaz quvurlarini xatlovdan ötkazib, natijasi böyiça qaror qabul qilişga topşiriq berdi.

Eslatib ötamiz, 7 dekabrga ötar keçasi Surxondaryo viloyati Denov şahrida «Indenim» savdo markazida gaz-havo aralaşmasi çaqnaşi oqibatida portlaş bölgan edi. Rasmiy ma’lumotlarga köra, hodisa oqibatida 2 kişi halok bölgan, 9 kişi yaralangan.