Unda aytilişiça, vazirlik maktablardagi sport zallari bilan boğliq muammolardan yaxşi xabardor va ularni hal qiliş yuzasidan iş olib borilmoqda.

«Sönggi yillarda uşbu yönalişdagi muammolarni hal etiş borasida köplab işlar amalga oşirilgan bölib, bugungi kunda ajratilayotgan mablağlar doirasida bosqiçma-bosqiç davom ettirilmoqda. Buni quyidagi raqamlardan ham köriş mumkin: 2017–2021 yillarda jami 296ta sport zali yangidan qurilgan bölsa, 604ta mavjud sportzal ta’mirdan çiqarilgan.

Biroq şunga qaramay, bugungi kunda respublikada mavjud 10130ta umumta’lim maktabidan 7885tasida (78 foiz) sport zallari mavjud, qolgan 2245ta maktabda sport zallari umuman yöq. Mavjud sport zallaridan 358tasi rekonstruksiyaga va 2078tasi mukammal ta’mirga muhtoj.

Maktablarda sport zallari bilan boğliq muammolar haqida avval ham Xalq ta’limi vazirligi bir neça bor ma’lumot bergan.

Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbari öz saylovoldi dasturida ta’lim sohasida amalga oşiriladigan işlarni eng muhim işlar sirasiga kiritar ekan, kelgusi yillarda eng katta harakat – maktab, maktab, yana bir marta maktab bölişini, maktab rivojlansa, hamma soha böyiça rivojlaniş bölişi hamda kelgusi beş yilda qöşimça 1,2 million öquvçi örni yaratiş uçun, maktablar rekonstruksiya qilinib, yangidan barpo etilişini qayd etgan edi», – deyiladi vazirlik munosabatida.

Qöşimça qilinişiça, hukumat topşiriği bilan, hozirda hududlarda maktablarga bölgan talab örganilmoqda. Bunda maktablarga sport zallari qurilişi ham rejalaştirilgan.